• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Zelenskiy: Mariupolda qolgan ukrainalik askarlar o‘ldirilsa, Rossiya bilan muzokaralarga nuqta qo‘yiladi

    Kiyev Mariupolda qolgan ukrainalik harbiylar o‘ldirilgan taqdirda Moskva bilan muzokaralarni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina internet nashrlariga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Ukrainskaya pravda”.

    Foto: Ukraina prezidenti ofisi

    Foto: Ukraina prezidenti ofisi

    Zelenskiyning aytishicha, Mariupoldagi ukrainalik harbiylarga yordam berish uchun “turli darajalarda” muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, u Ukraina rasmiylari “qamaldagi zavodda qolayotgan yigitlar bilan aloqada” ekaniga ishontirdi. (Gap Mariupolning shimoliy qismida joylashgan “Azovmash” zavodi haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, u yerda Ukrainaning 36-dengiz piyodalari brigadasi askarlari rus qo‘shinlari tomonidan o‘rab olingan.)

    “Shuni aytmoqchimanki, harbiylarimiz, yigitlarimizning yo‘q qilinishi barcha muzokaralarga nuqta qo‘yadi. Chunki biz hududlarimiz va xalqimiz ustida savdolashmaymiz”, — dedi Ukraina prezidenti.

    Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Mariupolda vaziyat juda og‘ir — u yerda oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar yo‘q. Ukraina tomoni yaradorlar, ayollar va bolalar uchun gumanitar yo‘laklarni kelishib olishga urindi, biroq Rossiya buni rad etdi, dedi prezident.

    Zelenskiyning aytishicha, Mariupoldagi yana bir muammo shaharda odamlarning g‘oyib bo‘layotgani: “Ko‘p odamlar g‘oyib bo‘ldi, qancha odam g‘oyib bo‘lganini bilmaymiz”.

    “Mariupolni nima qutqarishi mumkin? Bu imkon qadar tezroq ta’minlanishi kerak bo‘lgan kuchli qurol. Ikkinchisi — muzokaralar masalasi. Yaradorlarni olib ketish uchun sulh juda zarur. Ammo bu Rossiyaning xohishiga bog‘liq. Ular xalqimizni taslim bo‘lishga chaqirmoqda”, — ta’kidladi Zelenskiy.

    “Interfaks” Rossiya Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari Mixail Mizintsevga tayanib, xabar berishicha, Rossiya harbiylari 17-aprel kuni Mariupoldagi ukrainalik askarlarga qurollarini tashlashni taklif qilgan.

    “Qurolini tashlagan har bir kishiga hayotning saqlanishi kafolatlanadi”, — dedi Mizintsev.

    Uning ta’kidlashicha, gap “Azovstal” metallurgiya zavodida halokatli vaziyatda qamalda qolayotgan “millatchi tuzilmalarning jangarilari va chet ellik yollanma askarlar” haqida ketmoqda.

    Rossiya vakiliga ko‘ra, Mariupolda 1464 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi qurollarini tashlab, taslim bo‘lgan.

    “Ularga hech qanday zo‘ravonlik va ruhiy bosim qo‘llanilmaydi. Har kimga o‘z yaqinlari bilan bog‘lanish imkoniyati yaratilgan. Yarador harbiy asirlarga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, — dedi Mizintsev.

    16-aprel kuni kechqurun Rossiya harbiy boshqarmasi Mariupolning butun shahar hududi Azov tuzilmasi, xorijiy yollanma askarlar va Ukraina qo‘shinlaridan “tozalanganini” e’lon qilgan.

    Mavzuga doir:

    • Urush boshidan shiddatli o‘qqa tutilgan va Rossiya qamalida qolayotgan Mariupolda vaziyat qanday? (video)
    • “Jasadlar ko‘chalarni gilamdek qoplagan”. Mariupol meri shaharda 10 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘lganini aytdi
    • Rossiya Mudofaa vazirligi Mariupolda Ukrainaning 1026 nafar dengiz piyodasi taslim bo‘lganini ma’lum qildi

    17.04.2022, 12:04   Izoh (0)   42233
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomonga yana ikkita snaryad uchirdi

    17.04.2022, 10:46

    JARda suv toshqini qurbonlarining soni 400 kishiga yaqinlashdi

    17.04.2022, 10:03

    Pokiston chegarachilari halok bo‘lganidan keyin Afg‘oniston hududiga aviazarbalar yo‘lladi

    16.04.2022, 23:35

    Xarkov, Mariupol va Kiyev viloyatidagi dahshatli manzara. Urushning 51-kunidan fotoreportaj

    16.04.2022, 21:35

    Germaniya vitse-kansleri Rossiya gaziga qo‘yilgan embargo oqibatlaridan ogohlantirdi

    16.04.2022, 20:19

    “Vidolashmang, mening rejalarim boshqacha. Yadroviy qirg‘inda o‘lishga tayyor emasman”. Ko‘plab Lugansk fuqarolari 2014-yilda uylarini tark etib, yangi hayot boshl...

    16.04.2022, 19:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinmi?

    Sport | 30 may, 12:45

    Onkolog saraton xavfini ikki baravar oshiradigan mahsulotlarni sanab o‘tdi

    Layfstayl | 30 may, 12:40

    “Xavotirlanishga asos yo‘q” — Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat haqida

    O‘zbekiston | 30 may, 12:29

    AQSH fuqarosini qiynoqqa solgani uchun Suriya 20 mln dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 30 may, 12:14

    Paket bilan bo‘g‘ishgan, kuydirish bilan qo‘rqitishgan: Toshkentda fuqarolar bo‘yniga jinoyat ilmoqchi bo‘lgan IIO xodimlari jazolandi

    O‘zbekiston | 30 may, 12:06

    “Al-Hilol” Fernandesh transferini deyarli yakunladi — manba

    Sport | 30 may, 12:02

    AQSHda migrant Trampni o‘ldirish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 30 may, 11:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.