Daryo

Iftorlik uchun pishloqli yegulik tayyorlaymiz

Mazali yeguliklarni issiqligicha sous bilan dasturxonga torting

1 daqiqa o‘qish23 430 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Lifehacker nashri tayyorlash uchun atigi 15 daqiqangizni oladigan pishloqli rulet retsepti bilan bo‘lishdi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • oq toster noni — 8 dona;
  • pishloq — 8 bo‘lak;
  • sariyog‘ — 1-2 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Nonlarning cheti alohida kesib olinadi.
  2. Har bir nonning yupqa qatlamiga pishloq bo‘laklari qo‘yib chiqiladi.
  3. Non xuddi rulet shaklida pishloqning ustini to‘liq yopgan holda o‘rab chiqiladi.
  4. Sariyog‘ tovada eritilib, har tomoni qizargunga qadar qovurib olinadi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar