1-aprelda Fitch Ratings agentligi O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi uzoq muddatli “BB-” darajadagi reytingini tasdiqladi. Taxmin — “Barqaror”.
Urush ta’sir qiladi, ammo iqtisodiyot kuchli
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar O‘zbekistonga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi:
- iqtisodiyot o‘sishi to‘xtaydi;
- joriy operatsiyalar taqchilligi oshadi;
- inflyatsiya o‘sadi.
Dunyodagi mavjud vaziyatni chetlab o‘tishning iloji yo‘q, zero O‘zbekiston iqtisodiyoti mehnat migrantlari tomondan amalga oshirilayotgan pul o‘tkazmalariga bog‘liq, bunda Rossiya ulushi 70 foizni tashkil qilmoqda.
Biroq Fitch mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Bunga quyidagilar yordam beradi:
- ishonchli suveren balans;
- to‘g‘ri olib borilayotgan siyosat;
- eksport xilma-xilligi;
- jiddiy texnik va moliyaviy yordamdan foydalanish imkoni.
Oltin ziyonni kamaytiradi
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2022-yilda 3,1 foizga o‘sadi, deb hisoblaydi Fitch tahlilchilari. Taqqoslash uchun 2021-yilda u 7,4 foizni tashkil qilgan edi.
O‘sishning sekinlashishi pul o‘tkazmalarining qisqarishi, ba’zi bir yirik loyihalarning qoldirilishi, tashqi moliyalashtirishning murakkablashishi, so‘m qadrsizlanib, inflyatsiya o‘sishi bilan izohlanadi.
Biroq fiskal siyosat hamda oltin, gaz va misning baland narxi (O‘zbekiston ularni eksport qiladi) ziyonni kamaytiradi.
2023-yilda iqtisodiyot 4,5 foizgacha tiklanishi mumkin, ammo bu Rossiya va Ukrainadagi mavjud vaziyatdan va O‘zbekistonning yangi sharoitlarga qanday moslashishiga bog‘liq bo‘ladi.
Asosiy stavkaning oshishi so‘mni saqlab qolishga yordam beradi
Inflyatsiya 12,7 foiz darajaga chiqishi taxmin qilinmoqda. Taqqoslash uchun, 2020-yilda u 10 foizdan past bo‘lgan edi.
Narxlar so‘mning qadrsizlanishi (sodir bo‘lib bo‘lgan), aholining inflyatsion kutilmalari va oziq-ovqat narxlari tufayli tezroq oshishni boshlaydi.
2023-yilda inflyatsiya 11,6 foizgacha tushishi mumkin, garchi bu so‘m kursi, gaz va elektr energiyasi tariflariga bog‘liq bo‘ladi.
Markaziy bankning asosiy stavkani 14 foizdan 17 foizga ko‘tarishi so‘mning qadrsizlanishidan saqlab qoladigan qat’iy pul-kredit siyosatini anglatadi.
Kuchli rezervlar – yaxshi zaxiralar
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 35,4 mlrd dollarni tashkil qiladi. Joriy yilda ular 33 mlrd dollargacha, keyingi yilda esa 30 mlrd dollargacha qisqarishi kutilmoqda.
Shunga qaramasdan, kuchli zaxiralar importni moliyalashtirish va tashqi xavfni yumshatishga imkon beradi.
Davlat qarzi xavfsiz darajada
O‘zbekiston davlat qarzi 2021-yilda YIMga nisbatan 35 foizini tashkil qilgan edi. Joriy yilda esa qarz 42 foizgacha o‘sishi, ammo shunday holatda ham xavfsiz darajada qolishi kutilmoqda.
Avvalroq Renaissance Capital tahlilchilarining fikri bo‘yicha, O‘zbekistonda Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli yo‘qotishlar bo‘ladi, ammo u boshda davlatlardan kamroq ziyon ko‘rishi haqida xabar berilgan edi.