“Paxtakor” hujumchisi Dragan Cheran Superliga 4-turi doirasida “Navbahor”ga qarshi kechgan o‘yinda (1:0) jamoasining yagona goliga muallif bo‘ldi.
Bu serbiyalik futbolchi uchun O‘zbekiston chempionatidagi 100-gol bo‘ldi. Cheran ushbu ko‘rsatkichni qayd etgan chempionat tarixidagi ikkinchi legionerga aylandi. Gol urish borasida chet ellik futbolchilar orasida Dragan faqat Artur Gevorkyandan ortda qolmoqda.
Cheran 100 ta gol urish uchun 140 ta o‘yin sarflagan, futbolchi bu gollarni 19 xil jamoa darvozasiga kiritgan.
Ma’lumot uchun, Dragan O‘zbekistondagi faoliyatini 2016-yilda “Nasaf” safida boshlagan. 2018-yildan beri esa “Paxtakor” sharafini himoya qilib keladi.
Izoh (0)