“OKMK” jamoasi eronlik futbolchi Siyavash Hagnozari transferini e’lon qildi.
So‘nggi 5 yildan buyon Ukraina chempionatida faoliyat olib borgan futbolchi olmaliqliklar bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Yarim himoyachi erkin agent sifatida “OKMK” futbolchisiga aylandi.
26 yoshli Siyavash 2017-yildan buyon Ukrainaning “Volin” klubi sharafini himoya qilib kelgan va 91 ta o‘yinda 16 ta gol, 10 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Hagnozari 1995-yil 3-avgust kuni tavaallud topgan. Futbolchi Eron o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari safida o‘ynagan.
“OKMK” qishki transferlar oynasida Xurshid G‘iyosov, Anzur Ismoilov, Andrey Mishenko, Abdulla Abdullayev va Alisher Jalilovlarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Izoh (0)