Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final dastlabki bahslari doirasidagi 23-fevral, chorshanba kungi o‘yinlarga hakamlar tayinlandi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Benfika” — “Ayaks” uchrashuvini sloveniyalik Slavko Vinchich boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Tomash Klanchik va Anrash Kovachich yordam beradi. VAR tizimida germaniyalik Marko Frits va Sloveniya vakili Jure Praprotnik ishlaydi.

“Atletiko M” va “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi bahs esa ruminiyalik Ovidiu Hatseganga ishonib topshirildi. Videotakrorlarda italiyalik Massimiliano Irrati va ruminiyalik Maurisio Mariani faoliyat olib boradi.

O‘yinlar Toshkent vaqti bilan 23-fevraldan 24-fevralga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
“Daryo kundaligi”da 28-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi