So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      -0°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Iqtisodiyot

    Neft deyarli 100 dollargacha oshdi. O‘zbekistonda benzin narxi nima bo‘ladi?

    05.02.2022, 11:10 32155

    Neft bo‘yicha jahon narxlari juma kuni 1 foizdan ko‘proq qimmatlashdi. Brent bahosi bir barrel uchun 92 dollarga yetgan bo‘lsa, WTI nefti 91 dollardan oshdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    So‘nggi marotaba brent nefti 92 dollardan, WTI esa 90 dollardan 2014-yilning oktabr oyida qimmatroq bo‘lgan edi.

    Neft narxi yetti haftadan beri qimmatlashib bormoqda. Yil boshidan beri brent bahosi 18 foizga oshgan. Banklar, shu jumladan, Goldman Sachs ham uni 100 dollarga yetishini taxmin qilmoqda.

    Neft narxi nima uchun oshyapti?

    Bunga bir necha sabablar bor.

    Birinchidan, iqtisodiyotning tiklanishi bilan yoqilg‘iga bo‘lgan talab butun jahonda jadal o‘sib bormoqda. Talab qanchalik yuqori bo‘lsa, narx ham shunchalik o‘sadi. 

    Ikkinchidan, 3-fevral kuni Yevropa Markaziy banki joriy yildan foiz stavkalarini oshirishni boshladi. Bu esa kotirovkalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Uchinchidan, bu yil AQShda nisbatan sovuq ob-havo hukm surmoqda. Tahlilchilar sovuq ob-havo yonuvchan neft qazib chiqarilishiga katta zarar keltirishi mumkinligini bildirishgan. 

    To‘rtinchidan, OPEK+ neft alyansi (neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, uning tarkibiga BAA, Eron, Kuvayt, Saudiya Arabistoni va boshqalar kiradi) kvotalarda ko‘rsatilganidan kamroq neft ishlab chiqarmoqda. Joriy narxlar ularning foydasiga ishlamoqda, shu tufayli ular uchun yoqilg‘i ishlab chiqarishni oshirish uchun sarmoya kiritish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.  

    Yuqori narxlardan kimlar foyda ko‘radi?

    Saudiya Arabistoni kabi eksportchi mamlakatlar. Ularning daromadlar o‘sishi joriy budjet holatini tiklashi va yaxshilashi ham mumkin. 

    Kim yutqazadi?

    Iste’molchi davlatlar. Qimmat narx uchun xarajatlar inflyatsiya darajasini oshirishi va iqtisodiyotning tiklanishiga zarar yetkazishi mumkin.

    Import energiyaga suyanadigan, iqtisodiyoti shakllanib kelayotgan mamlakatlar kapitalning yo‘qolishi yoki valyutaning zaiflashishiga duch kelishi mumkin.

    Bunday vaziyat Turkiya, Ukraina, Hindiston kabi davlatlarga tegishli bo‘lishi kutilmoqda. Neftning eng yirik importchisi bo‘lgan Xitoy davlati ham oshib borayotgan narxlar oldida chorasizdir.

    O‘zbekistonda benzin narxlari bilan nima bo‘ladi?

    Avvalroq Energetika vazirligi jahondagi neft narxlarining O‘zbekistondagi benzin narxlari bilan bog‘liqligi haqida izoh bergan edi.  

    Eng kuchli ta’sir import xomashyosidan ishlab chiqariladigan Ai-91, Ai-92, Ai-95 markalaridagi benzinga nisbatan kuzatiladi.

    2021-yilning oktabr oyida bo‘lgan hisob-kitoblar:

    Jadval: Energetika vazirligi

    Jadval: Energetika vazirligi

     O‘shandan beri ko‘p narsa o‘zgardi. Bir barrel narxi jadvalda ko‘rsatilgandek 80 dollar emas, balki 92 dollarga baholanmoqda. AQSh dollari 10 677 so‘m emas, balki 10 853 so‘m bo‘lgan. Bularning barchasi yakuniy ko‘rsatkichlarga ta’sir qiladi.

    Vazirlikda ta’kidlashlaricha, Ai-90 markasidagi benzin asosiy iste’moldagi (78 foizdan ko‘proq)  mahsulot bo‘lib, butun dunyodagi vaziyatga qaramasdan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi tomonidan narxlar saqlab qolingan edi.

    Iqtisodiyotni liberallashtirish doirasida davlat tomonidan benzin narxlari tushirildi. 2018-yili Ai-91 bo‘yicha, 2020-yilning 1-mayidan esa Ai-80 bo‘yicha narxlar o‘zgartirilishi to‘xtatildi. Endilikda barcha benzin markalari birja orqali bozor narxida sotilmoqda.

    Bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda shakllanayotgan jahon kotirovkalaridagi o‘zgarishlar mahalliy benzin narxlariga albatta ta’sir qiladi, — deyiladi vazirlik xabarida.  

    Avvalroq benzin narxi yanvar oyida 3,5 foizga , propan narxi esa 8,5 foizga arzonlashgani haqida xabar berilgan edi. 

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda kuzatilayotgan sovuq havo anomal darajaga o‘tadimi? Iqlimshunos javob berdi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekiston aeroportlarida ayrim parvozlar jadvali o‘zgartirildi

    Kecha, 23:50

    Namanganda yigit o‘z uyidan mashinani yashirincha olib qochgani aniqlandi (video)

    Kecha, 23:30

    AQSH Yaqin Sharqda zudlik bilan o't ochishni to'xtatish bo‘yicha chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamadi

    Kecha, 23:15

    “Shu ishni o‘ziga kasb qilib olganlar ham bor” — Bandixon hokimi boqimandalik haqida

    Kecha, 23:05

    O‘zbekistonlik 400 nafar hamshira Germaniya klinikalarida ishlash uchun yuboriladi

    Kecha, 23:00

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    Kecha, 22:45

    Portugaliya prezidenti hukumatni iste’foga chiqardi

    Kecha, 22:42

    Guterrish: “HAMASning shafqatsizligi barcha falastinliklarni jazolash uchun asos emas”

    Kecha, 22:30

    Yil boshidan buyon 94 nafar jurnalist o‘ldirildi, 400 ga yaqini qamoqda

    Kecha, 22:22

    Tavsiya etamiz

    Ruhiy xasta ota-onasiga qarayotgan bemor yigit xalqdan yordam so‘ramoqda (video)

    11:00 / 08.12.2023

    Politsiya otib o‘ldirgan talaba qiz, AQSH-Meksika chegarasidagi migrantlar, Dakkadagi tirbandlik — 7-dekabr suratlari

    23:00 / 07.12.2023

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    22:00 / 08.12.2023

    “Zo‘rTV” jurnalisti va operatorini kaltaklagan zo‘ravonga hukm o‘qildi (video)

    17:00 / 06.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.