Indoneziyada 21-yanvar kuni yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Hodisa oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda The Indonesia.
Yana 22 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Baxtsiz hodisa Balikpapan shahrida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, svetoforning qizil chirog‘ida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi o‘nlab avtomobil va mototsikllarga borib urilgan.
20-yanvar kuni Chexiyada katta yo‘l transport hodisasi yuz berib, 40 ta avtomobil bir-biriga urilgandi. Avariya oqibatida olti nafar odamga talafot yetgan. Xabarga ko‘ra, YTHda jabrlanganlarning uch nafari vertolyotda Pragadagi shifoxonaga yetkazilgan.
Avval AQShda Tesla haydovchisi birinchi bor avtopilot ishtirok etgan va o‘lim bilan yakunlangan YTH uchun sud oldida javob berishi, Tanzaniyada mikroavtobus ishtirokidagi YTHda 14 nafar, Misrda avtobus ishtirokidagi YTHda 16 nafar, Gaitida yonilg‘i ortilgan avtosisterna avariyaga uchrab, portlagani tufayli 40 nafardan ortiq, Meksikada noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketishi oqibatida esa 50 dan ortiq odam halok bo‘lgani haqida xabarlar berilgan.
Izoh (0)