• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Poytaxtdan hech qayerga ketganim yo‘q”. Nazarboyev Qozog‘istondagi tartibsizliklardan so‘ng birinchi marta xalqqa murojaat bilan chiqdi

    Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatdagi norozilik namoyishlaridan keyin birinchi marta xalqqa murojaat bilan chiqdi. Uning nutqi Qozog‘iston prezidenti saytida e’lon qilingan.

    Foto: “Elbasy.kz”

    Foto: “Elbasy.kz”

    Nazarboyevning ta’kidlashicha, Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklardan maqsad “mamlakat yaxlitligi va davlat asoslarini buzish” bo‘lgan. U Qozog‘iston mustaqilligini “ko‘z qorachig‘idek” asrashga chaqirdi va tartibsizliklar natijasida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

    “Bo‘lib o‘tgan fojia barchamiz uchun saboq bo‘ldi. Bu buzg‘unchilik va qotilliklar ortida kim turganini aniqlash zarur. Ushbu savolga tergovdan javob olamiz”, — dedi sobiq prezident.

    Shuningdek, Nazarboyev mamlakatni tark etgani va Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi rahbari vakolatlaridan mahrum etilgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

    “Menga kelib tushgan ko‘plab murojaatlar hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan xabarlar munosabati bilan shuni ma’lum qilamanki, men 2019-yilda prezidentlik vakolatlarini Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirganman va o‘shandan beri pensionerman, hozir esa Qozog‘iston poytaxtida munosib dam olyapman, hech qayerga ketganim yo‘q.

    Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev to‘liq vakolatga ega. U Xavfsizlik Kengashining raisi. Tez orada prezident “Nur Otan” partiyasining raisi etib saylanadi. Shuning uchun elita orasida hech qanday ziddiyat yoki qarama-qarshilik yo‘q. Bu boradagi mish-mishlar mutlaqo asossiz.

    30 yil davomida vatanimiz uchun tinim bilmay mehnat qilganim hammaga ayon. Yurt chegaralarini mustahkamladik, izchil islohotlarni amalga oshirdik. Birgalikda mustaqil Qozog‘istonni barpo etdik, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yuksak natijalarga erishdik, nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stiligida ham ko‘p jihatdan yetakchi bo‘ldik. Mamlakatdagi barqarorlik va osoyishtalik mening doimiy maqsadim bo‘lgan”, — dedi Nazarboyev o‘z nutqida.

    U amaldagi prezident To‘qayev xalq farovonligini yuksaltirishga qaratilgan yangi islohotlar dasturini ilgari surayotgani, ushbu dasturni qo‘llab-quvvatlash zarurligini qayd etdi.

    Nazarboyev o‘zi davlat rahbari bo‘lgan paytda olib borgan islohot va modernizatsiya ishlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun Qozog‘iston xalqiga tashakkur aytib nutqini yakunladi.

    Nursulton Nazarboyev 1990-yildan 2019-yilgacha Qozog‘iston SSRni, keyin esa mustaqil Qozog‘istonni boshqargan. Prezidentlikdan ketgach, u Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi rahbari vakolatlarini saqlab qolgandi. 2022-yilning yanvarida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari davomida Nazarboyev xalqqa ko‘rinish bermadi, hech qanday bayonot ham yo‘llamadi. 5-yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Nazarboyevning Xavfsizlik kengashi raisligidan chetlatganini ma’lum qildi.

    Sobiq prezident va uning oila a’zolari mamlakatni tark etgani, hatto Nazarboyev vafot etgani haqida haqida mish-mishlar tarqaldi. So‘ng Nazarboyevning vakili birinchi prezident Qozog‘istonda ekani, u Xavfsizlik kengashi rahbarligini o‘z ixtiyori bilan topshirgani haqida bayonot bilan chiqdi.

    The Guardian nashri Nazarboyev Nur-Sultonda To‘qayev bilan aktivlar, daromadlar va tabiiy resurslardan tushgan mablag‘larni qayta taqsimlash bo‘yicha “ayovsiz muzokaralar” olib borayotgani haqida xabar berdi.

    Namoyishlardan keyin Nazarboyev oilasi vakillari Qozog‘istonning katta kompaniyalari, davlat organlari va tashkilotlaridagi lavozimlaridan mahrum bo‘la boshladi. Jumladan, Qozog‘iston birinchi prezidentining ikki kuyovi neft-gaz sohasiga oid yirik kompaniyalardagi lavozimini tark etgan. Elboshining kenja qizi Aliyaning turmush o‘rtog‘i Dimash Do‘sanov “KazTransOyl” bosh direktori lavozimidan, to‘ng‘ich qizi Darig‘aning “eri” G‘ayrat Sharipbayev esa “QazaqGaz Milliy kompaniyasi” AJ boshqaruvi raisi lavozimidan iste’foga chiqqan. Keyinchalik uchinchi kuyov – Timur Kulibayev “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi rahbari lavozimidan iste’fo berdi. Qozog‘iston prezidenti Nazarboyevning jiyani, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari general-leytenant Samat Abishni lavozimidan ozod etish haqidagi farmonni imzolagan.

    Qozog‘iston birinchi prezidentining katta qizi, deputat Darig‘a Nazarboyeva yanvar oxirida parlament quyi palatasining yalpi majlisida yanvar oxirigacha ishtirok etmasligini ma’lum qilgan. Uning matbuot kotibi siyosatchi ayolning mazkur qarorini COVID-19 bilan kasallangandan keyingi reabilitatsiya jarayoni bilan bog‘liqligi haqida izoh bergan.

     

    18.01.2022, 16:26   Izoh (0)   47996
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Ukrainadan diplomatlarini evakuatsiya qilmoqchi — NYT

    18.01.2022, 15:28

    Arab koalitsiyasi Yaman poytaxtiga zarba berdi, halok bo‘lganlar bor — OAV

    18.01.2022, 14:39

    Kuvayt yashash uchun yaroqsiz davlatga aylanmoqda

    18.01.2022, 14:07

    Global News: Kanada maxsus kuchlarining bir qismi Ukrainaga jo‘natilgan

    18.01.2022, 13:22

    AQSh aviakompaniyalari aeroportlarga 5G aloqa tarmog‘ining o‘rnatilishi oqibatida yuzaga keladigan inqirozdan ogohlantirdi

    18.01.2022, 13:06

    KXDR navbatdagi ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

    18.01.2022, 12:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlari Rossiyaga maxfiy tarzda borgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 17:50

    Abbosbek Fayzullayevning Yevropa Konferensiyalar Ligasidagi debyuti kechikadigan bo‘ldi

    Sport | 5 avgust, 17:45

    Toshkentda soxta DXX xodimi ushlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 17:35

    Xitoyda chivin orqali yuqadigan kasallik avj olmoqda: bemorlar soni 7 mingga yetdi

    Dunyo | 5 avgust, 17:25

    Geroin va fentanildan ham kuchli: dunyoda yangi narkotik tarqalmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 17:15

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda Gruziya bosh vazirini qabul qildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 17:04

    Kamroq ishlab, ko‘proq natijaga erishish: yulduzlar surunkali charchoq bilan qanday kurashadi?

    Shou-biznes | 5 avgust, 16:55

    Gavining yorqin o‘yini Fermin Lopesning “Barselona”ni tark etishiga sabab bo‘lishi mumkin

    Sport | 5 avgust, 16:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.