Adliya vazirligi “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Farmon bilan Taraqqiyot strategiyasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorini o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirish ko‘zda tutilgan.
Moliya vazirligiga uch oy muddatda pensiyani hisoblash bazaviy miqdorini qayta ko‘rib chiqish bilan birgalikda O‘zbekistonning “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuniga quyidagi o‘zgartirishlarni kiritilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritish topshirilmoqda:
- ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish;
- nogironligi bolalikdan bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash;
- Shuningdek, hujjat bilan 2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.
- ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini olib borish bo‘yicha mas’ul davlat organini belgilash;
- ijtimoiy sug‘urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish;
- kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etish;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasini yaratish, jumladan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reyestr”i bilan integratsiya qilish.
Izoh (0)