• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Janubiy afrikalik oddiy yigitning dunyodagi eng boy odamga aylanishi. Ilon Mask haqida

    Eslatma: Ushbu material birinchi marta 2021-yil 28-iyun kuni chop etilgan va e’tiborga molik materiallardan biri sifatida takroran e’lon qilinmoqda
    O‘zining kutilmagan, g‘ayritabiiy g‘oyalari bilan barchani lol qoldiruvchi, ixtirolari orqali insonlar hayotini yengillashtirishga harakat qiluvchi, kosmosni o‘rganishning ashaddiy ixlosmandi Ilon Mask hayoti va faoliyati bilan “Daryo”da tanishamiz.

    Ilyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Yoshlik yillari

    Ilon Mask 1971-yilning 28-iyun kuni Janubiy Afrika Respublikasining Pretoriya shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Errol Mask injener, onasi Mey Mask esa model bo‘lib ishlardi. Maskning bobosi asli shveysariyalik nemis bo‘lib, dastlab Amerikaga, u yerdan Janubiy Afrikaga ko‘chib o‘tgan. Oilada Maskdan tashqari ukasi Kimbal va singlisi Toskalar bor edi.

    Ilon 10 yoshligida uning ota-onasi ajrashib ketadi. Ayni shu paytdan Maskda kompyuterga qiziqish boshlanadi. Dasturlashni mustaqil o‘rgangan Ilon 12 yoshida o‘zining ilk dasturi — “Blaster” deb nomlangan o‘yinni sotadi.

    Maktab davrlarida Ilon Mask kalta bo‘yli, kamgap va kitobsevar bola edi. U 15 yoshigacha tengdoshlari tomonidan masxara qilinardi, natijada Mask o‘zini himoya qilish uchun kurash va karatega qatnaydi.

    1989-yilda 17 yoshida Mask Kanadadagi Qirolicha universitetiga o‘qishga kiradi va shu orqali Janubiy Afrika armiyasidagi majburiy xizmatdan qutulib qoladi. Shu yili AQSh fuqaroligini olish osonroq bo‘lishi uchun Mask Kanada fuqaroligini oladi.

    1992-yilda biznes va fizikani o‘rganish uchun Pensilvaniya universitetiga ko‘chib o‘tgan Mask iqtisodiyot va fizika bo‘yicha bakalavr diplomini oladi.

    Yosh Ilon Mask va Piter Til

    Yosh Ilon Mask va Piter Til
    Foto: Investopedia

    1995-yilda Mask energiya fizikasi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi yoqlash uchun Kaliforniyadagi Stenford universitetiga o‘qishga kiradi, biroq uning tashrifi internetning “portlash” davriga to‘g‘ri keladi. Ikki kunlik o‘qishdan so‘ng Mask universitetni tashlab ketib, o‘zining birinchi kompaniyasi — Zip2 Corporation’ga asos soladi. 2002-yil Maskga AQSh fuqaroligi beriladi.

    Yirik kompaniyalari

    Zip2 Corporation

    1995-yilda Mask ukasi Kimbal bilan birgalikda yangiliklar saytlari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Zip2 kompaniyasini tashkil etadi. Bu kompaniya xizmatidan The New York Times va Chicago Tribune kabi obro‘li nashrlar foydalanadi. 1999-yil Compaq Corporation Zip2’ni 307 mln dollarga sotib oladi. Mask ushbu sotuvdan 22 mln dollar foyda ko‘radi.

    PayPal

    Mask va Kimbal Zip2 sotilishidan tushgan pullarni yangi sayt — X.com onlayn kompaniyasini tashkil etishga yo‘naltirishga qaror qiladi. 2000-yilda X.com va Confinity kompaniyalari birlashadi, tez orada moliyaviy xizmatlar va pul o‘tkazmalari uchun onlayn platforma — PayPal tashkil etiladi. Maskning onlayn auksionlarda elektron to‘lov tizimini rivojlantirishga urinishlari samara berib, kompaniya ancha tez rivojlanadi va 2001-yilda kompaniya nomi  X.com’dan PayPal’ga o‘zgartiriladi.

    Keyingi yili PayPal’ni eBay kompaniyasiga 1,5 milliard dollarga sotish orqali Mask o‘zining birinchi milliardini ishlab topadi. Kompaniya sotilishidan oldin Mask uning 11% aksiyalariga egalik qilardi.

    SpaceX

    Mask unga haqiqiy mashhurlik va shuhrat keltirgan o‘zining uchinchi kompaniyasi SpaceX Exploration Technologies Corporation’ni 2002-yilda tijoriy kosmik sayohatlarini amalga oshirish niyatida tashkil etadi. Bir necha yil ichida ancha muvaffaqiyatga erishgan kompaniya 2008-yilda NASA bilan Dragon va Falcon9 kosmik kemalarini Xalqaro kosmik stansiyaga yetkazish bo‘yicha shartnoma imzolaydi.

    2012-yil Mask va SpaceX Falcon9 raketasini uchuvchisiz kapsula bilan koinotga uchirishi orqali tarixga kirdi. Tarixda ilk bor xususiy kompaniya Xalqaro kosmik stansiyaga o‘z kemasini yubordi. Kemani ishga tushirish chog‘ida Mask “Men o‘zimni juda baxtli his qilyapman. …. Bu xuddi Super Bowl’ni (Amerika futboli bosh sovrini) yutishga o‘xshaydi” deya nutq so‘zlaydi.

    Ilon Maskning SpaceX’ni yaratishdan asosiy maqsadi samoviy sayohatlar narxini hozirgidan o‘n barobar arzonlashtirish ekanini ko‘p bora ta’kidlaydi.

    2016-yili Gonkongda bo‘lib o‘tgan forumda Mask uning kompaniyasi 2020—2025-yillarda Marsga uchishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

    2018-yili SpaceX AQSh hukumatidan butun dunyoni bepul internet tarmog‘i bilan ta’minlash uchun sun’iy yo‘ldoshlarni pastki orbitaga uchirishga ruxsat oldi.

    Starlink deb nomlangan sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘i chekka qishloq hududlarida ham keng tarmoqli internet xizmatlarini yana ham qulayroq yoyilishiga va monopoliya o‘rnatilgan bozorlarda raqobatning paydo bo‘lishiga xizmat qilishi kerak edi. Starlink 2019-yil may oyida 60 ta sun’iy yo‘ldoshni ishga tushirgan bo‘lsa, shu yilning noyabrida yana 60 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi.

    Foto: LinkedIn

    2021-yilning 22-iyun kuni Starlink boshqaruv raisi Gvinna Shotvell loyiha shu yilning sentabr oyigacha ishga tushishini bildirdi.

    2020-yilda SpaceX va Mask yana bir tarixiy ishni amalga oshirdi. Falcon9 raketasida samoga uchirilgan Crew Dragon kemasi ekipaji Xalqaro kosmik stansiya bilan birlashdi. Kemani orbitaga olib chiqqan Falcon9 raketasi Yerga muvaffaqiyatli qaytishni amalga oshirdi va Atlantika okeanidagi suzuvchi platformaga qo‘ndirildi.

    2021-yil yanvar oyida Mask o‘zining yana bir sensatsion g‘oyasini e’lon qildi. Biznesmen Marsda avtonom shahar qurish uchun bor mol-mulkini sotishini aytib, Marsga kema uchirishini ma’lum qildi.

    Tesla Motors

    2003-yilda tashkil etilgan ushbu kompaniya asosan hamyonbop elektromobillar va quyosh batareyalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Maskning o‘zi barcha mahsulotlar ishlab chiqarish, loyihalash va muhandislik ishlari jarayonlarini shaxsan nazorat qiladi. Bugungi kunga qadar kompaniya elektromobillar bozoriga bir necha modellarni chiqardi. Bular Tesla Roadster, Model S, Model 3, Tesla Semi Truck, Model Y and Roadster kabi “kelajak avtomobillari”dir.

    Tesla Semi Truck

    Tesla Semi Truck
    Foto: Tesla

    The Boring Company

    2016-yilda uyidan aeroportga yo‘lga chiqqan Ilon Mask yo‘lda bir necha tirbandlikka tushib qolgach bu muammoni yerosti tunnellari orqali bartaraf etish haqida o‘ylab qoladi. Shu maqsadda u 2017-yil yanvar oyida tunnel qurish bilan shug‘ullanuvchi The Boring Company’ni tashkil etadi.

    Maskning fikricha avtomobil uchun quriladigan metro kelajakda 240 km/soat tezlikda harakatlanishi mumkin bo‘ladi. Bu an’anaviy metroga qaraganda ancha qulayroq bo‘ladi va shahardagi tirbandliklarni kamaytirishga yordam beradi.

    Shaxsiy hayoti

    Ilon Mask ilk turmush o‘rtog‘i Jastin Uilson bilan Kanada universitetida o‘qib yurgan kezlarida tanishadi. 2000-yilda oila qurgan juftlik besh nafar farzand ko‘radi. Sakkiz yildan keyin Mask Jastin bilan ajrashib, britaniyalik aktrisa Talula Rayliga uylanadi.

    2010-yilda turmush qurgan bu juftlik 2012-yilda ajrashadi, ammo 2013-yilda yana qayta oila quradi va 2016-yilda butkul ajrashadi.

    Keyinroq Mask va Ember Hardning o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq mashmashalar bo‘lib o‘tadi.

    2018-yilda Mask kanadalik qo‘shiqchi Kler Bushe (Grayms nomi bilan mashhur) bilan uchrashishni boshladi. 2020-yil mayida ular farzand ko‘rishdi. Mask va Grayms farzandlariga g‘ayritabiiy  X Æ A-12 ismini berdi. Bu ismni ta’riflagan Graymsning so‘zlariga ko‘ra X- bu noaniq o‘zgaruvchi, Æ- elf tilida “sun’iy intellekt”, shuningdek, “sevgi” ma’nolarini bildiradi. A-12 esa bu AQShning Lockheed A-12 ayg‘oqchi samolyoti sharafiga qo‘yilgan bo‘lib, bu samolyot Mask va Graymsning sevimli havo layneridir. Lockheed A-12 yana “bosh farishta” deb ham nomlanadi. Er-xotin samolyotga bo‘lgan muhabbatlarini quyidagicha izohlaydi: “qurol o‘rnatilmagan ayg‘oqchi, himoya tizimi ham yo‘q, urg‘u tezlikka berilgan. Jangda foydali, ammo zarar keltirmaydi”.

    Lockheed A-12

    Lockheed A-12
    Foto: Google Images

    Biroq ism qo‘yilgandan bir oy o‘tib Kaliforniya shtatida raqamli ism qabul qilinmasligi xabar berilgandan so‘ng oila chaqaloq ismini X Æ A-XII ga o‘zgartirdi.

    Notijoriy faoliyat

    Kosmosni o‘rganish va insoniyat kelajagini saqlab qolish Maskning o‘zgarmas maqsadi hisoblanadi. Shu maqsadda u kosmosni o‘rganish, qayta tiklanadigan va sof energiya manbalarini kashf etish bilan shug‘ullanadigan Mask Foundation’ga asos soladi.

    Ilon Mask 2020-yilgacha dunyo bo‘ylab 20 million daraxt ekishni maqsad qilgan #TeamTrees kampaniyasiga shu yili 1 mln dollar xayriya qildi.

    Ilon Mask va sobiq AQSh prezidenti Donald Tramp

    Ilon Mask va sobiq AQSh prezidenti Donald Tramp
    Foto: Getty Images

    Bundan tashqari Musk Foundation turli siyosiy bo‘lmagan tashkilotlarga ko‘plab xayriyalarni amalga oshiradi.

    Bugungi kunda Ilon Mask jahonning eng boy insonlari ro‘yxatida ikinchi o‘rinda turadi. Forbes 2021-yilda Maskning boyligini 151 milliard dollarga baholagan. Ilon Mask o‘zining sensatsion va g‘ayritabiiy g‘oyalari bilan doimo dunyo ahlini hayratlantirib kelmoqda.

    02.01.2022, 21:27   Izoh (0)   86102
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bu Cyberpunk 2077 emas: Xitoyda qo‘lga olingan shaxsni mustaqil ravishda jinoyatda ayblay oladigan sun’iy intellekt yaratildi

    27.12.2021, 19:57

    Amsterdamda robot qayiqlarni sinovdan o‘tkazish boshlandi — ular kanallar bo‘ylab yo‘lovchi tashib, chiqindi yig‘adi

    26.11.2021, 10:38

    “Roskomnadzor” Google, Apple, Telegram va Meta’dan Rossiyada vakolatxona ochishni talab qildi. Aks holda bu servislar bloklanadi

    24.11.2021, 00:40

    Telegram davlat rahbarlari kanallarida reklama chiqishni to‘xtatadi

    23.11.2021, 21:14

    Avtomobillar va gadjetlar nega o‘z vaqtida yetkazib berilmayapti? Chiplar tanqisligi qanday paydo bo‘lgani va elektron sanoatga qanchalik xavf solayotganini tushun...

    22.11.2021, 14:33

    Instagram foydalanuvchilar uchun qator yangi funksiyalarni ishga tushirmoqda

    20.10.2021, 18:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.