• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev davlat budjeti xarajatlarini 2,2 trln so‘mga oshirishni ma’qulladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni vazirlik va idoralarga ajratiladigan mablag‘larning miqdorini 2,22 trillion so‘mga (qariyb 205,4 million dollar) oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Avvalroq moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov prezident va hukumatning ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, eksportni rag‘batlantirish hamda boshqa “muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari doirasida davlat budjeti xarajatlarini yana 2,2 trillion so‘mga oshirish rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.

    Xususan:

    • “Tashabbusli budjet” doirasida tuman va shaharlarda fuqarolarning tashabbuslarini moliyalashtirishga — 117 milliard so‘m;
    • davlatga g‘alla sotuvchi fermer va g‘allachilik klasterlariga har bir tonna uchun 350 ming so‘mdan — jami 800 milliard so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi;
    • Mo‘ynoq tumanidagi 5 kishigacha a’zosi bo‘lgan har bir oilaga 5 million so‘mdan bir martalik yordam hamda Qoraqalpog‘istondagi 21 ta ijtimoiy-iqtisodiy muammoli mahallani obodonlashtirishga 67 milliard so‘m;
    • Surxondaryo viloyati aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi uchun (To‘palang suv omboridan magistral suv quvurini qurish, loyiha To‘palang HPD Platinum kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda) 200 milliard so‘m, Rossiyadan quvurlar sotib olish uchun Tiklanish jamg‘armasi hisobidan 327 milliard so‘m — jami 527 milliard so‘m. Ahadbek Haydarovning aniqlik kiritishicha, pul quvurlar narxi oshishidan oldin sotib olish uchun ajratilmoqda;
    • ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash uchun Sirdaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlariga 100 milliard so‘mdan (jami 300 milliard so‘m), shuningdek, Toshkent shahriga 200 milliard so‘m — jami 500 milliard so‘m;
    • davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkalari uchun kompensatsiya to‘lash uchun — 50 milliard so‘m. Yil boshida bu maqsadlar uchun 150 milliard so‘m, keyinroq yana 123 milliard so‘m yo‘naltirildi. Moliya vaziri o‘rinbosari hududlarda aholi va ishbilarmonlardan buzilishlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlar qolayotganini ta’kidlagan.

    113 milliard so‘m Moliya vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati va boshqa huquq-tartibot organlari kiruvchi tashkilotlarga ajratiladi, ammo aynan qaysi xarajatlar uchun ekanligiga aniqlik kiritilmagan. Qonunchilik palatasining joriy xarajatlari yil yakuniga ko‘ra 25,1 milliard so‘mga oshgan.

    Bundan tashqari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari 2,5 trillion so‘mga oshirilmoqda. Shundan 1,1 trillion so‘mi prezidentning 2-dekabrdagi qarori (PQ-5275) ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Mazkur hujjat bilan Moliya vazirligiga Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun 5 yil muddatga milliy valyutada 100 million dollar ekvivalentidagi mablag‘larni foizsiz asosda ajratish topshirildi.

    2021-yil uchun konsolidatsiyalangan budjet taqchilligining chegaraviy hajmi (davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek, tashqi qarzlar hisobga olingan holda davlat dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq) YaIMga nisbatan 5,5 foizdan 6,5 foizgacha oshiriladi.

    Qonunchilik palatasi 14-dekabr kuni qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagan, biroq budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi istisno tariqasida qonunni hujjatning har bir bandini muhokama qilmasdan, birdaniga ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilishni taklif qilgan. Shuningdek, 15-dekabr kuni o‘tkazilgan Senatning yalpi majlisida ham mazkur qonun ma’qullangan.

    O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari bir yilda uchinchi marta oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-iyul kuni parlamentda 2021-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonungа o‘zgartish va qo‘shimchalar ko‘rib chiqilgach, vazirlik va idoralarga ajratiladigan mablag‘larning maksimal miqdorini avvaliga 13,1 trillion so‘mga (1,2 milliard dollar) — 135,8 trillion so‘mdan 148,9 trillion so‘mgacha, 6-noyabrda esa 11,69 trillion so‘mga (Markaziy bankning 10 noyabrdagi kursi bo‘yicha 1,09 milliard dollar) yoki 148,9 trillion so‘mdan 160,6 trillion so‘mgacha oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistondagi 100 dan ortiq tumanning “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga qo‘shimcha 117,4 mlrd so‘m ajratiladi

    24.12.2021, 18:05   Izoh (0)   24189
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Akademiklar Temurbek Usmonov va Tolib Mo‘minov vafot etdi

    24.12.2021, 17:53

    Qarshidagi oziq-ovqat bozori bozorqo‘mi 900 ming so‘m bilan “qo‘lga tushgani” aytildi. Viloyat IIB ma’lumotni tasdiqladi

    24.12.2021, 17:27

    Toshkent viloyatidagi maktab sportzalida o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)

    24.12.2021, 17:06

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

    24.12.2021, 16:39

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini 60 yillik yubileyi bilan tabrikladi

    24.12.2021, 16:04

    O‘zbekistonda 25-dekabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    24.12.2021, 15:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.