Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Akademik Temurbek Usmonov 22-dekabr kuni 79 yoshida va akademik Tolib Mo‘minov 78 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi.

Ma’lumot uchun, Temurbek Usmonov 1942-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1967-yili Moskva davlat universitetini tugatib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida stajyor-tadqiqotchi sifatida ish boshlagan.

Temurbek Usmonov

Temurbek Usmonov
Foto: O‘zbekiston fanlar akademiyasi

Akademik Temurbek Usmonov 2017-yilda Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan. O‘zbekistonda lazer fizikasi va texnologiyalari, nochiziqli optika va spektroskopiya sohalarining dolzarb masalalarini tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan.

U o‘z sohasi bo‘yicha yangi ilmiy yo‘nalishga asos solib, dunyoda ilk bor quvvatli lazer nurlanishlarining eng katta samaradorlikdagi garmonikalari va yorug‘likning eng yuqori darajadagi parametrik generatsiyalarini olishga erishgan.

Shuningdek, akademik “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Olim 400 dan ortiq ilmiy maqolalar, 4 ta monografiya, 16 ta patent muallifi hisoblanadi. 150 dan ziyod ilmiy maqolalari xalqaro nufuzli jurnallarda chop etilgan.

Tolib Mo‘minov esa 1943-yil 10-yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetining fizika fakultetida tahsil olgan.

Tolib Mo‘minov

Tolib Mo‘minov
Foto: O‘zbekiston fanlar akademiyasi

1992–1995-yillari Samarqand davlat universiteti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

200 dan ortiq ilmiy ishlari chop qilingan. 22 nomzodlik va 3 doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti, “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan.

Bundan avval O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kompozitor Shermat Yormatov, Andijon viloyatining sobiq hokimi Saydullo Begaliyev hamda Sharof Rashidovning qizi Svetlana Rashidova vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi