Yaponiyadagi Osaka shahrida joylashgan binolarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Fojia oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Kyodo agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Yong‘in mashhur bar va tungi klublar joylashgan Kitashinchi tumanidagi sakkiz qavatli binoda yuzaga kelgan. Ta’kidlanishicha, yong‘in to‘rtinchi qavatdagi psixiatriya klinikasida boshlangan.
Politsiya yong‘in qasddan sodir etilganini gumon qilmoqda.
Avvalroq Gonkongda Jahon savdo markazi yonib ketgani va binoda 350 dan ortiq odam qamalib qolgani, Yaponiyadagi AES hududida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)