• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Sobiq deputat, muvaffaqiyatli tadbirkor, xalq artisti. 10 yillik “zapret”lar sindira olmagan Yulduz Usmonova 58 yoshda (foto va video)

    12-dekabr kuni O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistondagi eng ko‘p kunlik konsertlar muallifi Yulduz Usmonova 58 yoshni qarshi oldi. Ijodi va hayotidagi voqealar katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladigan o‘zbek primadonnasi haqida so‘z yuritamiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    U 1963-yilning 12-dekabr kuni Marg‘ilon shahrida, hunarmand oilasida dunyoga kelgan.

    Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova

    Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova

    Yulduz Usmonova zamonaviy o‘zbek estradasining eng mashhur vakili hisoblanadi. U 50 ga yaqin musiqiy albomlar, 1000 dan ortiq qo‘shiqlar muallifidir. Yulduz Usmonova O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonlariga munosib ko‘rilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Har qanday muvaffaqiyatiga katta mehnat va qiyinchiliklar bilan erishgan Yulduz Usmonova 90-yillar ko‘chasini, pistoletli to‘ylarini shunday xotirlaydi.

    “Xalqlar do‘stligi”ga pistolet ko‘tarib kelib, ‘dolya’ so‘rashgan…”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “To‘ylarda pichoq tiraganlar, qurol o‘qtalganlar bo‘lgan. Agar ‘Xalqlar do‘stligi’ saroyining tili bo‘lsa, aytadi, shu yerga pistolet taqib kelib, ‘dolya’ berasan, deyishgan. ‘Dolya’ kimga beraman, o‘tir mashinaga, yoniga birga boramiz, bermayman emas, beraman, faqat qo‘liga beraman, deb boshlig‘ining yoniga borganman. Borganimizdan so‘ng o‘sha pistolet ko‘tarib kelgan odam boshlig‘idan kaltak yegan.

    Men osonlikcha jon bermas edim. Pistolet yoki pichoq tirashganda ham qo‘rqib o‘tirmas edim. Seni kislotaga tashlaymiz, deb qo‘rqitishlar ham bo‘lgan. Juda qoidasiz, qiyin vaqtlar edi.

    Hozirgilarga bayram, hozirgilar g‘o‘ra ham emas, xom-xatala, hozirgilar jim o‘tirishsin, omon-omon zamonlarda yashashmoqda.

    Kechki payt soat 18:00 da to‘y boshlanib, ertalabki soat 08:00 largacha to‘y bo‘lardi, ovozimiz chiqmay qolguncha qo‘shiq aytardik. Hozirgilarga bu borada juda ham oson, ularda hammasi oson va tez bo‘lib ketmoqda. Hamma aytadi san’atga ko‘pchilik kelib, ketib qoladi deyishadi, chunki san’at pirli joy, halollikni xohlaydi”, — degan edi Yulduz Usmonova.

    “Yo‘limda turganning qulog‘ini yulib olaman”

    Yulduz Usmonova 90-yillarda u haqida tarqalgan asossiz mish-mishlar haqida ham eslab o‘tgan.

    “O‘sha yillarda kim o‘lsa, Yulduz Usmonova aybdor bo‘lgan. Kimningdir ashula aytib, tomog‘i og‘rib qolsa ham, konsertiga odam kelmay qolsa ham, ‘Yulduz qilmoqda, meni o‘ldirmoqchi’, — degan gaplar bo‘lavergan. Kimga kim kerak.

    Esimni tanibmanki, mehnat qilyapman. Birovning nonini yemaganman, lekin o‘zimning nonimni ham yedirmayman. Yo‘limda turganning qulog‘ini yulib olaman, ammo bu odam o‘ldirish degani emas-ku, kurashadi-da odam. Bularga latta bo‘lsang-da, latta bo‘lsang. Ko‘chada mushtlashib yurardim, o‘sha vaqtda ham ko‘zimni suzib non yemasdim, mushtlashib non yerdim. O‘sha Yulduz men bo‘laman. Haqqimni taniydigan qiz edim”, — deydi Yulduz Usmonova.

    Yulduz Usmonova deputatlik davrlari haqida

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Yulduz Usmonova o‘zini siyosat olamida sinab ko‘rgan, kam sonli o‘zbek shou-biznesi vakillaridan biri hisoblanadi. U 1995—2000-yillarda Oliy Majlis deputati bo‘lgan. Xonanda deputatlik davri haqida.

    “Men deputatligimda Oliy Majlisga yengi yo‘q ko‘ylak kiyib borganman. Boring yengli kiyim kiyib keling, deb zo‘rg‘a chiqarishgan. Men yengli kiyim kiymayman, deganman. Tez yengli kiyim kiyib kel, deyishgan. Men san’atkorman. Deputat qilib qo‘ysangiz ham san’atkorman, mening o‘z qarashlarim bor. Siz oq va qora deb turgan joyingizda, men sariqni ko‘rib qolishim mumkin. Bizga erkinlik kerak. Shundagina go‘zal ijod qila olamiz”, —  deydi Yulduz Usmonova.

    Uni sahnaga chiqishdan hech narsa, hatto 41 daraja isitma ham to‘xtata olmaydi

    U har qanday sharoit, har qanday vaziyatda ham muxlislarni yaxshi ko‘rishini, sahnani sevishini ko‘p bora ta’kidlagan. Yulduz Usmonova 41 daraja isitma bilan konsertga chiqqani, fonogrammada kuylab yig‘lagani haqida.

    Foto: MyDay

    Foto: MyDay

    “1994—1995-yillarda 41 daraja isitma bilan konsertga chiqishimga to‘g‘ri kelgan. Ishonasizmi kimdir kofega konyak qo‘shib berish kerak, degan. Kimdir konyakni o‘zini ichsa tuzalasan, degan. Ukol qilgan. O‘sha vaqtlarda endi-endi fonogramma chiqqan vaqtlar edi. Birinchi qo‘shiqni fonogrammada aytib yig‘lab yubordim.

    “Meni kechiringlar, birinchi qo‘shig‘imni fonogrammada aytdim. G‘irrillab-shirrillab bo‘lsa ham jonli aytsam maylimi”, — deya jonli aytishni boshlaganman. Zal qarsak chalib yuborgan. Konsertni so‘nggigacha ovoz mingga chiqib ketdi. Alloh kuch berib, zo‘r konsert bo‘lgandi. Ammo konsertdan so‘ng shifoxonaga ‘nasilka’da olib ketishgan. O‘shanday vaziyatda ham konsertni bekor qilmaganman. Konsertimni, muxlislarimni juda ham qizg‘onaman”, — deydi Yulduz Usmonova.

    Primadonna hayotidagi norasmiy taqiqlar

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Yulduz Usmonova hayoti davomida bir necha marotaba norasmiy taqiqqa uchragan. Bu taqiqlarning eng uzoq davom etgani esa 2006-yildan, 2016-yilgacha, ya’ni 10 yil davom etgan. Yulduz Usmonova 10 yil davom etgan ‘zapret’i haqida yig‘lab intervyu bergan edi.

    “Bugungi kunda qancha xursand bo‘lmay, o‘sha kunlarni eslatishsa, ezilib tamom bo‘laman. Ular butun hayotimni zaharlashgan. Hayotimning oxirigacha shu davrni eslasam, mazam qochadi. Turkiyaga ketganimda nevaram endi tug‘ilgan edi, hali bir yosh ham bo‘lmagandi. Nevaramni ko‘rgim kelmasmidi? Butun oilani parokanda qildilaring, qaytmayaptimi? Menda hozir hammasi yaxshi, Xudoga shukur, o‘sha kunlar uchun ham. Xudo ajrini beradi. Muxlislarim konsertimni kutib-kutib o‘tib ketganlar bo‘ldi, bolalari yig‘lab keladi”, — deydi Yulduz Usmonova.

    Turkiyaga ko‘chish va iqtisodiy qiyinchiliklar

    O‘zbekistondagi norasmiy ‘zapret’dan so‘ng Yulduz Usmonova oilasi bilan Turkiyaga ketadi. Yulduz Usmonovaning eri Mansur Agaliyev Turkiyadagi qiyinchiliklar haqida shunday xotirlaydi.

    Iqtisodiy muammolar bo‘lgan, hech balomiz qolmagan. Juda qiyin paytlar bo‘lgan. Turkiyaga borganimizda 20 kuncha mehmonxonada yashaganmiz. Keyin menejerga pul berish kerak, unga pul berish kerak, bunga pul berish kerak, xullas, pul tugadi.

    Do‘konlarimdan u yerga har kuni pul borardi. Bir muammo sabab Toshkentdagi 12 ta do‘konimni bosishgan. Keyin Turkiya bozoridan Rossiyaga yana boshqa joylarga mol jo‘natib tirikchilik qilganman. Katta qiyinchiliklardan chiqqanmiz. Juda katta summa ketgan.

    Turkiyani san’at bilan olish juda katta masala. Yulduz Usmonovani Turkiyada qo‘shiqlarini juda ko‘p odam bilardi. Misol uchun, “Dunyoda o‘limdan boshqasi yolg‘on” degan qo‘shiqni aytgan desak, bo‘ldi, ko‘pchilik tanirdi, lekin o‘zini ko‘rishmagan.

    Avvalo o‘zi aytgan qo‘shiqlarini turkchaga o‘zgartirib, shu bilan tanitib oldik. Turkiyada katta-katta telekanallarning xit paradida uch oylab birinchi o‘rinda turdi. Katta-katta san’atkorlar Yulduz Usmonovani ko‘rib, qo‘shiqlar berishini iltimos qilishardi.

    Yulduz Usmonova Turkiyada juda katta, yaxshi natijalarga chiqib, u yerda shu darajamizni saqlab, keyin chekinganmiz. Sababi u yerda shu darajasini saqlab qolishi kerak edi. Bir paytlar Yulduz Turkiya shou-biznesida bor edi emas, u bor, degan fikr bilan qaytganmiz.

    Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri, turmush o‘rtog‘i

    Yulduz Usmonova intervyularidan birida turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Mansur Agaliyev haqida “erim sersoqol yigit, uni soqolini yaxshi ko‘rganim uchun erga tekkanman”, — degan edi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Mansur Agaliyev “Yulduz Usmonovaning eri uning yonida moddiy manfaat uchun yuribdi”, — degan gap-so‘zlarga quyidagicha munosabat bildirgan edi.

    Meni eskidan odamlar yaxshi tanishadi. Yulduz Usmonova bilan Turkiyaga borganimda 13 ming dollar pulim bor edi. Yulduz Usmonovaga “men seni puling uchun emas, odamgarchiliging uchun yaxshi ko‘raman”, deganman. Chunki men qiyinchilik ko‘rganimda menga ruhan yordam bergan. Bir-birimizni ushlab turganmiz. Men uning o‘ynashi emasman, yoki u mening o‘ynashim emas. Buni odamlar hech qachon esidan chiqarishi kerak emas.

    Hayot hamisha bir xil yo‘ldan yurmaydi. Men boshqalarga o‘xshab OAVga chiqmay yuradigan odam emasman, bemalol chiqib meniki deyman, bu meniki deyman. Bu holatni boshqacha tushunishlari kerak emas.

    Shunday odamlar bor, ular oilasini yashirib yurishadi. Biz nimani yashiramiz. Ota-onam hammalari turmushimizni yaxshi bilishadi. Bundan qo‘rqadigan joyim yo‘q.

    O‘zimning biznesim o‘zimga yetadi. Uning puli bor, puli o‘ziga, o‘zining ijodiga yetsa bo‘lgani. O‘zimning tadbirkorlik ishim bor, biznesimizda 400—500 odam ishlaydi. To‘g‘ri pulini ushlab beraman, chunki Turkiyada qiyinchilikni men ko‘rganman. “Birovdan qarz olmaysan, boriga yashaysan”, deganman. Chunki u qiyinchiliklarni ko‘rgandan so‘ng, bu kunlarda u qiyinchiliklarni to‘g‘rilab qo‘yish kerak. Xudo xohlasa xohlagan narsani qilib beraman, mazza qilib ijodini qilib yuradi.

    Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri, turmush o‘rtog‘i

    “Yig‘lashga vaqtim yo‘q”

    Yulduz Usmonovaning onasi Rahima aya Usmonova 2021-yilning 6-noyabrida vafot etdi. Yulduz Usmonova onasining vafoti haqida shunday deydi.

    Foto: “O‘zbekkonsert.uz”

    Foto: “O‘zbekkonsert.uz”
    Onamning vafot etganiga bir hafta bo‘ldi. Uch kun aza tutdim, tamom yig‘lashga ham vaqtim yo‘q. Orada esimga tushib qolsa yig‘lab olaman va yana yo‘limda davom etaman. Chunki oldinda katta imtihon konsert dasturi turibdi. Menda bo‘laveradi, degan narsa yo‘q. Qo‘shiqlar o‘xshamasa buzib qayta yozishni boshlayman. Qaysidir yili konsert uchun kuylangan 20 ta qo‘shiqni qaytadan yozishimizga to‘g‘ri kelgan. Chunki ularning hech biridan ko‘nglim to‘lmagan. Pulim kuysa-da, ko‘nglim to‘lmagan qo‘shiqni konsert programmasiga kiritmayman. Chunki muxlis uchun sarflagan pulim emas, sahnadagi chiqishim birinchi o‘rinda. ‘O‘xshatmabdi’, degan so‘zdan qo‘rqqanim uchun ham konsert programmasiga alohida e’tibor beraman. Shu bois ertalabdan turib, harakatni boshlayman. Ayrimlarga o‘xshab tushgacha uxlash odatim yo‘q.

    Yulduz Usmonova, O‘zbekiston xalq artisti

    Yulduz Usmonova ancha yillar avval akasi vafot etganida ham birrov xizmatida bo‘lgani haqida gapirib bergan edi.

    “Kiyinib to‘yga chiqib ketyapman. O‘sha kuni besh yoki oltita birrovim bor edi. Akangiz olamdan o‘tibdi, deyishdi. Bir pas joyimda qotdim. Agar hozirgi xonandalar bo‘lganida to‘ylarni balki bekor qilardi. Unday qilolmadim. To‘ylarga borib, hamma to‘ylarni o‘tkazib bo‘lgandan so‘ng oxirgi to‘yda yig‘lab yuborganman. O‘shanda janozaga ulgurmagandim. Lekin ishimni qilib ketganman. Ishimiz shunaqa. Uyingda o‘lik turgan bo‘lsa ham, konsert uchun bilet sotilgan bo‘lsa, konsert berishga majbursan. Kasbimiz shu”, — deydi Yulduz Usmonova.

    Yulduz Usmonovaning tadbirkorlik faoliyati

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Yulduz Usmonova san’atdan tashqari tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanishi hech kimga sir emas. Primadonnaning poytaxtda bolalar kiyim-kechagi ishlab chiqaradigan fabrikasi bor. Yulduz Usmonova fabrika zararga ishlayotgan bo‘lsa ham uni yopa olmasligini aytadi.

    “Sergelida tikuv fabrikasini ochganmiz. Ishchilar ishlaydi. O‘sha sexda men ziyonda ishlayman. Lekin uni yopmayman. Yopsam u yerda ishlaydiganlar ishsiz qolib ketadi. 100 dan ortiq odam ishlaydi. O‘shalar uchun ishlatib turibman. Fabrika oldin Algoritmda edi. O‘zim ham borib ishlab turardim. Sergeliga ko‘chgandan keyin borolmay qoldim. Buyam bir ehson, buyam bir yordam. Tap etib, yopib qo‘ysam, ziyonsiz o‘tiraman, lekin xodimlar ishsiz qoladi. Lekin bir xil paytda o‘sha yordam kerak”, — deydi Yulduz Usmonova.

    Shuningdek, xonanda fabrika joylashgan binoning ikkinchi qavatida tibbiy klinika ham ochmoqda.

    “Bog‘cha ochib qo‘yib, pul ishlasam bo‘lardi. Bog‘cha va maktab ochganimda pul tayyor edi. Lekin men unday qilmadim. Pulni menga o‘z kasbimdan berib turibdi Xudoyim. Xursand bo‘lganim, prezidentimiz bilan bizning fikrimiz bir joydan chiqib, oldindan harakat qilganimga rosa quvondim. Imkon qadar bir narsalar ochish kerak. Shuning uchun o‘sha yerda klinika bo‘lsa, kimningdir tishi og‘riydi, kimningdir bolasi isitmalaydi. Klinika 24 soat ishlaydigan bo‘lsa, chiqaveradi odamlar. U yerda dorixonalar bo‘ladi, imkon qadar nima qo‘limizdan kelsa, qilamiz”, — deydi Yulduz Usmonova.

    Yulduz Usmonova 2017-yilda 10 yillik katta tanaffusdan so‘ng ketma-ket 15 kun konsert dasturini taqdim etdi. Xonanda 2017-yildan buyon O‘zbekistondagi eng ko‘p kunlik konsertlar rekodchisi o‘rnini boshqa hech qaysi hamkasbiga bo‘shatmay kelmoqda.

    Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova

    Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova

    58 yoshini nishonlayotgan Yulduz Usmonova 2022-yilning mart oyida 16 kundan iborat, 100 foiz jonli ijroda o‘tadigan yangi konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

    Mavzuga doir:

    •  “Yig‘lashga vaqtim yo‘q”. Yulduz Usmonova onasiga uch kun aza tutgani, o‘zining videolarini ko‘ra olmasligi, energiyani qayerdan olishi va 20 ta qo‘shig‘ini bekor qilgani haqida (video)
    • “Zarariga ishlayotgan bo‘lsa ham korxonamni yopa olmayman”. Yulduz Usmonova prezident bilan gapi bir joydan chiqqani va yangi biznes boshlayotgani haqida (video)

    13.12.2021, 10:26   Izoh (0)   87438
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprioning 10 mln dollarlik yangi uyiga sayohat (foto)

    12.12.2021, 18:13

    Poshnali poyabzal badali: baland tufli kiyishi oyog‘i bilan bog‘liq turli muammolarga sabab bo‘lgan yulduzlar (foto)

    11.12.2021, 21:22

    Bollivud modasi: mashhur hind aktrisalari qanday uslubda kiyinishni afzal biladi? (foto)

    11.12.2021, 15:23

    Mashhurlarning bir qarashda tanish qiyin bo‘lgan mum haykallari (foto)

    11.12.2021, 11:17

    “Yaxshiyam o‘sha davrlar o‘tib ketdi”. Shohjahon Jo‘rayev ilk marta Gulnora Karimova tufayli “zapret”ga tushgani haqida so‘zlab berdi (video)

    10.12.2021, 21:28

    Neslihan Atagulning turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘ulu unga xiyonat qilgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

    10.12.2021, 20:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.