Ushbu haftada ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, 6-dekabr, dushanba kuni respublika hududi bo‘yicha quruq va o‘rtacha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Seshanba va chorshanba kunlari Qozog‘iston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq havo kirib keladi, bu faqat O‘zbekistonning harorat foniga ta’sir qiladi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 0-5 daraja, kunduz kunlari esa 9-14 daraja iliq atrofida saqlanib turadi.
Payshanba va juma kunlari Erondan iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0-5 daraja, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin. Kunduz kunlari 15-17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
8-dekabrda shimoliy tumanlarda, 9—10-dekabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Tuman tushishi mumkin.
Izoh (0)