• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Afg‘onistonda “Tolibon” aholining smartfonlarini tekshirib, musiqa va video olib yurganlarni kaltaklayotgani xabar qilindi

    Afg‘onistonda “Tolibon” jangarilari jamoat joylarida odamlarni to‘xtatib, ularning smartfonlarini tekshirmoqda. Afg‘oniston fuqarolarining “Ozodi” radiosiga aytishicha, qurollangan shaxslar mobil qurilmalarida musiqa yoki video olib yurgan odamlarni kaltaklagan yoki ta’qib qilgan. Ko‘p hollarda telefonlar aholidan tortib olinadi yoki ulardagi barcha ma’lumotlar o‘chiriladi, deb yozmoqda Asia Plus.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Afg‘oniston fuqarolaridan biri Kobuldagi do‘konini berkitib, uyiga ketayotganida “Tolibon” jangarilari uni to‘xtatib, smartfonini ko‘rsatishni talab qilgan.

    “Ular telefonimni tekshirdi va sport bilan shug‘ullanayotganim, zalda mashq qilayotganim, do‘stlarim bilan sayrga chiqqanim aks etgan suratlarimni ko‘rdi, telefonimda musiqa borligi uchun meni urib, tepkiladi. Qanday jinoyat qildim, deb hayron bo‘lishdan boshqa ilojim qolmagandi”, — degan qo‘rquv sabab ismini oshkor etmagan fuqaro.

    Butun mamlakat bo‘ylab afg‘onlar “Tolibon” ularning smartfonlaridagi shaxsiy fotosuratlar, videolar, kontaktlar va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘zdan kechirishi haqida gapirmoqda.

    Mahalliy aholi vakillaridan birining so‘zlariga ko‘ra “Tolibon” jangarilari axloqiy qoidalarga zid deb hisoblagan musiqa yoki videolarni olib yurgan odamlarni ko‘pincha ta’qib qiladi va ularga nisbatan kuch ishlatadi. Aksariyat hollarda qurollangan shaxslar qurilmalarni musodara qilgan, sindirgan yoki smartfonlardagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlagan.

    Afg‘onlarning ko‘pchiligi shaxsiy ma’lumotlarini begona odamlar ko‘rishini haqoratli deb hisoblamoqda. Yasmina ismli ayol endi mobil telefonini jamoat joylariga olib chiqmaslikka qaror qildi. U amakivachchasining smartfonidan “Tolibon” jangarilari musiqa topib olgan paytda uni qanday kaltaklagani ko‘z oldidan ketamayotganini aytdi.

    “Ular amakivachchamni do‘stlari va o‘tkinchilarning oldida namoyishkorona kaltakladi. Bunday muomala inson qadr-qimmatiga qanchalik putur yetkazishi ularga ahamiyatsiz. “Tolibon” ekstremistik dunyoqarashini odamlar ongiga singdirishga urinmoqda”, — deydi ayol. U ham xavfsizlik nuqta’yi nazaridan haqiqiy ismini oshkor etmagan.

    “Tolibon” islom shariatining fundamentalistik talqiniga amal qiladi. 1996-yildan 2001-yilgacha bo‘lgan davrda ham Afg‘onistonni boshqargan “Tolibon” o‘sha paytda musiqa, mustaqil ommaviy axborot vositalari va ko‘plab sport turlarini taqiqlagan. Ayollarga ishlash, qizlarga esa maktabga borish man etilgan. “Tolibon”, shuningdek,  erkaklarni ibodat qilishga va soqol o‘stirishga majburlagan.

    2021-yilning avgust oyida hokimiyatni qayta qo‘lga kiritganidan so‘ng “Tolibon” o‘zining avvalgi boshqaruviga xos bo‘lgan ko‘plab repressiv qonunlar va reaksion siyosiy choralarni qaytadan qabul qildi.

    Kobullik huquq eksperti Subhon Misbahning aytishicha, toliblarning smartfonlarni tekshirish amaliyoti ular o‘zi targ‘ib qilayotgan islom qonunlariga zid. “Islomning shariat qonunlari birovning shaxsiy hayotiga ruxsatsiz aralashishni taqiqlaydi. Agar kimdir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinsa yoki ayblansagina aralashishga ruxsat beriladi. Bunday faoliyatga aloqador shaxslar tergov ostiga olinishi kerak”, — dedi u.

    Ayni paytda “Tolibon” aholining smartfonlari jangarilar tomonidan tekshirilganini rad etmoqda.

    “Hech kimga birovning mobil telefonini tekshirish huquqi berilmagan. Biz bunday voqealar haqida eshitmadik”, — deydi “Tolibon” vakili Ahmadulla Vosik “Ozodi” radiosining afg‘on xizmatiga.

    Afg‘onistonliklarning aytishlaricha, “Tolibon”ning ushbu harakatlari yangilik emas. 20 yil davomida “Tolibon” jangarilari muntazam ravishda odamlarni kutilmaganda to‘xtatib, ularning smartfonlarini tekshirib turardi. Ko‘pgina afg‘onlar smartfonlari olib qo‘yilgandan so‘ng qo‘rqitish yoki ta’qibga uchrash holatlari, ayrim vaqtlarda esa telefon ma’lumotlari nusxalab olinganini bildirgan.

    “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid 2020-yil oktabr oyida “Ozodi” radiosining afg‘on xizmatiiga yuborgan audiomurojaatida jangarilar shubhali odamlarning telefonlarini tekshirganini tan olgandi.

    “Biz hech kimning telefonini suratlari yoki ma’lumotlarini ko‘rish uchun tekshirmaymiz. Faqat qo‘limizda to‘liq ma’lumotlar borligi uchun gumondorlarning telefonlarini ko‘rib chiqamiz. Ularni hibsga olishimiz kerakmi yoki yo‘qmi, degan qarorga kelish uchun ularning aloqalari va boshqa ma’lumotlarini o‘rganamiz hamda shu asosda ularni qo‘shimcha so‘roq qilish uchun olib ketishni hal qilamiz”, — degan edi Mujohid.

    Mavzuga doir:

    • Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti “Tolibon”ni musiqa ovozini o‘chirish uchun to‘ydagi 13 kishini o‘ldirganlikda aybladi
    • “Tolibon” ayollar ishtirok etgan bir qator teledasturlarni efirga uzatishni taqiqladi
    • “Tolibon” Kobuldagi kinoteatrlar faoliyatiga chek qo‘ydi — OAV

    01.12.2021, 08:52   Izoh (0)   14081
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Xitoyning kvant hisoblash bilan shug‘ullanadigan kompaniyalarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

    30.11.2021, 21:23

    Koronavirusning “omikron” shtammi 20 ta davlatda qayd etildi

    30.11.2021, 20:52

    Ochdan o‘lmaslik uchun qizlarini sotayotgan afg‘onlar. 500 dollarga pullangan qizaloq aka-opalarining najotkori

    30.11.2021, 19:51

    Gurbanguli Berdimuhamedov amaldorlarga Turkmanistonda Betaraflik kuni va Yangi yil bayramini munosib tarzda o‘tkazishni buyurdi

    30.11.2021, 19:06

    Ramzan Qodirov “badjahl va qattiqqo‘l yigitlarni” ayollarga nisbatan ko‘proq hurmatda bo‘lishga chaqirdi

    30.11.2021, 18:35

    Qirg‘izistondagi parlament saylovlari vaqtida “Ordo” partiyasining yetakchisi yo‘qolib qoldi. U oradan 2 kun o‘tgach aloqaga chiqdi va tog‘da ko‘ngilsizlikka uchra...

    30.11.2021, 17:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.