2020-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston bo‘yicha atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalardan atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 924,4 ming tonnani tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari hisobiga to‘g‘ri kelgan — mos ravishda 46,5 va 13,9 foiz.
Eng kam ulush Jizzax viloyati – 0,4 foizda qayd etilgan. Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida esa atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalardan chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 0,7 foizdan to‘g‘ri kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilgi o‘rganishga ko‘ra, atmosferaga mamlakat bo‘yicha yiliga o‘rtacha 2,5 million tonna ifloslantiruvchi modda chiqarilgan bo‘lsa, shuning 1,5 million tonnadan ortiq qismi transport vositalaridan chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalarga to‘g‘ri kelgan. 2020-yil karantin davrida avtomobil harakatining cheklanishi tufayli atmosferaga oyiga 120 ming tonna chiqindi chiqishi kamaygan.
Izoh (0)