• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xo‘ja Porso” masjidi buzib tashlangani bo‘yicha ish tergov uchun Bosh prokuraturaga yuborildi

    Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi “Xo‘ja Porso” masjidi buzib tashlangani bo‘yicha ishni tergov qilish maqsadida Bosh prokuraturaga yubordi.

    Foto: Facebook / Jamil Qosimov

    Foto: Facebook / Jamil Qosimov

    Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan Marg‘ilondagi qadimiy “Xo‘ja Porso” jome masjidi buzib tashlangani haqida xabar berilgandi.

    Unda jurnalist Elmira Tuxvatullinaning Facebook’da yozishicha, gid Jamil Qosimov Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlarni betakror ustunlar va naqshinkor shiftni ko‘rsatish uchun olib borganida masjid buzilib, uning o‘rnida qurilish ishlari olib borilayotganiga guvoh bo‘lgan.

    “1869-yilda qurilgan, ko‘plab sayohat jurnallarida yozilgan va bir qator suratlari e’lon qilingan hamda pandemiyadan avval jon deb ekskursiyaga olib borilgan ushbu masjid endi yo‘q. Ustunlar va buzib tashlangan naqshinkor shift esa shunchaki keraksiz buyumdek yerda changga belanib yotibdi”, — degan Jamil Qosimov va masjidning o‘sha kungi holati aks etgan video hamda 2019-yilda o‘tkazilgan avvalgi ekskursiyalaridan olingan suratlarni taqdim etgan.

    Qayd etilishicha, masjid o‘rnida pishiq g‘ishtdan yangisi qurilmoqda, yodgorliklar yangi masjidga qayta o‘rnatiladi. Chet ellik sayyohlar bundan hayratga tushgan: “Qanday qilib shunday go‘zallikni buzish mumkin, axir bu ushbu obyektni sayyohlik jihatidan jalb qilib turgan narsa-ku? Yangi narsa baribir yangi”.

    Aksariyat mamlakatlarda tarixiy binolar xarob holga kelib qolsa ham, uni yo restavratsiya, yo konservatsiya qilishga harakat qilishadi. Angliyaning o‘zida, deylik, 50 yillik binoni ta’mirlash uchun ko‘plab komissiyalardan o‘tish kerak. “Nega bizda tarixiy inshootlarni buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorlar osongina qabul qilinadi?” — deya savol bergan jurnalist.

    Jurnalist va bloger Nikita Makarenko ayvon shiftidagi bezaklar butun binoga qo‘shib buzib tashlanganiga noroziligini bildirgan. “Tolibon tashqarida emas, Tolibon allaqachon ichimizda. Bu siyosiy harakat emas, muayyan shaxslarning ijtimoiy va madaniy rivojlanish darajasidir”, — deb yozgan u o‘zining Telegram kanalida.

    Farg‘ona viloyati hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirgan. Unda ta’kidlanishicha, 2019-yil noyabrda olib borilgan texnik ekspertiza davomida xom g‘ishtdan qurilgan binoning devorlar konstruksiyasida hamda poydevorida cho‘kish yoki yorilishlar mavjudligi, namlik ta’sirida devorning uqalanishi boshlangani, “yuk ko‘taruvchi va to‘siq konstruksiyalar” me’yoriy hujjatlar talablariga umuman mos kelmay qolgani aniqlangan.

    Xabarda, shuningdek, “texnik jihatdan binoni restavratsiya yoki rekonstruksiya qilish imkoniyatlari yo‘qligi sababli buzib, qayta qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan hamda mas’ul idoralar ekspertlari xulosasi olingan”, — deya qayd etilgan.

    Madaniy meros agentligi Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja Porso” jome masjidi buzib tashlangani yuzasidan o‘z xulosasini e’lon qilib, agentlik huzuridagi Ilmiy kengash ruxsat bermaganini ma’lum qildi.

    Farg‘ona viloyati Madaniy meros boshqarmasining 2021-yil 14-avgustdagi 851-sonli xatiga asosan “Xo‘ja Porso” jome masjidi hududida qo‘shimcha bino inshootlar qurish bo‘yicha loyiha taklifi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti qoshidagi Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan.

    O‘rganishlar natijasi yuzasidan 2020-yil 3-noyabrdagi xat bilan Farg‘ona viloyati Madaniy meros boshqarmasiga “Xo‘ja Porso” jome masjidi hududida milliy ro‘yxatdagi Respublika ahamiyatiga ega bino majmuasi saqlangan holda, binoning yangi bosh rejasi taqdim qilinishi, bino ko‘rinishi Marg‘ilon an’anaviy me’morchiligi asosida loyihalashtirilishi, gumbaz, arka (ravoq) qurilishi usuliga e’tibor qaratilishi yuzasidan ko‘rsatma berilgan.

    “Binoning tarixiy bosh tarxi taqdim etilmagani, yangi va eski binolarning bir-biri bilan mutanosibligi ishlab chiqilmagani hamda loyiha tashkiloti litsenziyasiz kengashga taqdim etilgani sababli loyiha taklifi Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan rad etilgan”, — deyiladi xabarda.

    Ta’kidlanishicha, “Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan so‘ralgan ma’lumotlar Madaniy meros agentligiga qayta taqdim etilmagan”.

    Mazkur masala yuzasidan o‘rganilgan xulosalar barcha tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda o‘rnatilgan tartibda Bosh prokuraturaga holatga huquqiy baho berish uchun yuborildi.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda buzib tashlangan “Navro‘z” to‘yxonasi hududida qurilayotgan yangi kutubxona qanday ko‘rinishda bo‘lishi namoyish etildi
    • Ichanqal’ada qadimiy quduq topildi. Uning yoshi 150 da ekanligi taxmin qilinmoqda
    • Qashqadaryoning birinchi tadbirkor ayoli Nazira Shodmonova qurgan masjid 14 yildan beri huvullab qolgan. Namozxonlar namoz o‘qishga ruxsat berilmayotganidan shikoyat qilmoqda

    22.10.2021, 13:27   Izoh (0)   18934
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 23-oktabr kuni tuman tushishi mumkin

    22.10.2021, 13:12

    “Saylovchi saylov byulletenini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashi qat’iyan taqiqlanadi” — MSK

    22.10.2021, 12:42

    O‘zbekistonda farzand asrab olishni istisno qiluvchi jinoyatlar aniq belgilandi

    22.10.2021, 12:26

    Kashshofa nima? Quralay-chi?

    22.10.2021, 12:10

    Senat O‘zbekistonda go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilishni ma’qulladi

    22.10.2021, 11:48

    O‘zbekistonda dam olish kunlari quyoshli, lekin salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

    22.10.2021, 11:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.