• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Ilk mashinasi — “Jiguli”, 5 ta tilni biladi, ikki marta to‘yi buzilgan, prokurorning nevarasi Munisa Rizayeva 35 yoshda (foto)

    O‘ziga xos ovoz egasi va ijodda yangiliklar yaratishdan charchamaydigan xonanda Munisa Rizayeva bugun, 21-oktabr kuni o‘zining 35 yoshini qarshilamoqda. Quyida taniqli qo‘shiqchining hayoti va ijod yo‘li haqida hikoya qilamiz.

    Huquqshunos va shifokorlar avlodi

    Xonanda Munisa Rizayeva 1986-yili Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Bobosi, ya’ni onasining otasi huquqshunos bo‘lib, respublika bosh prokuraturasida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. Buvisi esa shifokor bo‘lgan. Tog‘a va xolalari ham ota-onasining izidan borib, huquqshunos va sog‘liqni saqlash xodimi sifatida mehnat qiladi. Munisaning volidasi Dilorom Bo‘rijo‘rayeva ham shifokor, dadasi esa tadbirkor.

    Munisa Rizayevaning bolaligi

    Munisa Rizayevaning bolaligi
    Foto: Instagram

    Munisa kichkinaligidan qo‘shiq aytib, raqs tushishni yaxshi ko‘rgani bois kelajakda yulduz bo‘lishni orzu qiladi. Qizidagi iste’dod va qiziqishni ko‘rgan onasi uni taniqli raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedovaga shogirdlikka beradi. Qizaloq ma’lum vaqt raqs to‘garagiga qatnaydi. Keyinroq fortepiano bo‘yicha malakali pedagogdan ta’lim ham oladi.

    Munisa Rizayeva onasi Dilorom Bo‘rijo‘rayeva bilan

    Munisa Rizayeva onasi Dilorom Bo‘rijo‘rayeva bilan
    Foto: Instagram

    Ammo Munisaning dadasi ajdodlari orasida umuman san’at vakili yo‘qligini ro‘kach qilib, farzandining bu tanloviga qarshi chiqadi.

    Shunga qaramay, Dilorom Bo‘rijo‘rayeva qizini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Ona-bola besh-olti yil davomida bo‘lajak mashhur qo‘shiqchining xatti-harakatlarini oila boshiga turli bahonalarni aytib, yashirib yurishadi.

    Angliyadagi ikkita OTM talabasi

    Munisaning volidasi qizi qachonlardir taniqli va sevimli san’atkor bo‘lishiga ishonib, uni studiyalarga, teleradiokanallar va turli tanlovlarga olib boradi.

    Foto: Instagram

    Maktabda o‘qib yurgan paytlari Munisa oilasi bilan Londonga ko‘chib ketadi. Uning musiqaga bo‘lgan muhabbatini ko‘rgan dadasi oxiri san’at yo‘nalishida bilim olishiga rozi bo‘ladi. Munisa Yevropada o‘rta ta’limni olgach, Angliya davlat konservatoriyasida o‘qiydi. Keyinroq mehmonxona tijorati va turizm yo‘nalishi bo‘yicha ham tahsil olib, oliy ma’lumot diplomini qo‘lga kiritadi.

    “Mening muvaffaqiyatim — bu shunchaki omad emas, bu mehnatim mevasi.

    Taniqli xonanda bo‘lish va xalqning hurmatiga sazovor bo‘lish istagi meni qamrab olgan edi. Men orzum yo‘lida har qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga tayyor edim. Ota-onam musiqaga bo‘lgan qarashim jiddiyligini, o‘z qarorimdan qaytmasligimni ko‘rgach, musiqa maktabiga, so‘ngra oliy o‘quv yurtiga borishimni maslahat berishdi.

    “Kim bo‘lishingdan qat’iy nazar, o‘z sohangning mutaxassisi bo‘l, — deb otam aytgan edi, — avvalo, xohishing shunchaki injiqlik va xomxayol emasligini isbotla.Bu so‘zlar men uchun turtki bo‘ldi. London konservatoriyasiga qabul qilindim, sizga aytaman, bu oson bo‘lmagan. O‘qish davomida men e’tiborimni to‘liq ilm olishga, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratdim. Ustozlarimning ko‘zlarida ijodimga nisbatan hayratni ko‘rish — bu mening mukofotim edi. Universitetni muvaffaqiyatli tugatgach, o‘zimni butunlay musiqaga bag‘ishladim.

    2011-yilda men qayta tug‘ildim, chunki aynan shu yili xalq Munisa Rizayevani xonanda sifatida tan oldi. Bir zumda xitga aylangan birinchi repertuarim reytingimni oshirishga va qo‘shiqchilik faoliyatimni boshlashga sababchi bo‘ldi. Ko‘plab konsertlar, yangi qo‘shiqlar, spektakllar, shou-biznesga kirish — bularning barchasi qisqa vaqt ichida sodir bo‘ldi”, — deydi Munisa Rizayeva muvaffaqiyatga erishish uchun tinimsiz mehnat qilish kerakligini ta’kidlab.

    Foto: Instagram

    “O‘n sakkiz yoshimdan to yigirma ikki yoshimgacha uchga bo‘linib harakat qilganman, desam ham bo‘ladi. O‘shanda rosa qiynalganman. Ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘qish bilan bir qatorda, ishlaganman ham. Garchi otam ishlashimga ruxsat bermasalar-da, o‘z ahdimdan qaytmaganman, ishlab pul topishga ishtiyoqmand edim. Bu odatim haligacha saqlanib qolgan”, — degan edi u intervyularining birida.

    Foto: Instagram

    Umrining o‘n yilcha davrini, aniqrog‘i, yoshligini Angliyada o‘tkazgan Munisa Rizayeva har gal O‘zbekistonga kelgan paytida qo‘shiqlar yozib, tanlovlarda ishtirok etadi.

    2004-yili Toshkentda o‘tkazilgan “Umid yulduzlari” ko‘rik-tanlovida “Nega-nega” qo‘shig‘i bilan qatnashib, g‘oliblar safidan joy oladi. Shundan keyin u jiddiy ijod qilishga bel bog‘laydi.

    Mashhurlik olib kelgan “Aha-oho”

    Xonandaning 2008-yili “Ko‘zlarim yana” qo‘shig‘i va unga dengiz bo‘yida suratga olingan klip omadli chiqib, tinglovchilar e’tiboriga tushadi. U 2012-yili “Aha-oho” taronasi bilan o‘zbek shou-biznesida shuhrat qozonadi. Folklor va zamonaviy yo‘nalish uyg‘unlashgan mazkur tarona va uning videoklipi yosh-u keksaning tilidan tushmaydi.

    Shundan so‘ng xonanda “Hollivud”, “Sekin-asta”, “Ey samo” singari ijod mahsullarini birin-ketin tinglovchilarga havola qiladi va barchasi xit darajasiga ko‘tariladi.

    Foto: “Daryo”

    Munisa Rizayeva ilk bor 2010-yilda rejissor Yodgor Nosirovning “Hijron” filmida rol ijro etadi. “Firibgar”, “Hay-hay qizaloq”, “Aql va yurak”, “Salom, Natasha”, “Nafs” singari kinolardagi turli xarakterdagi rollari orqali aktrisa sifatida tomoshabinlar e’tiborini qozonadi.

    Hamkasblari – Botir Qodirov, “Shod” va “Ummon” guruhlari yigitlari bilan kuylagan duetlari ham haligacha to‘y-u tadbirlarda talabgir.

    Operatsiya...

    Omma nazariga tushgan Munisa Rizayeva tashqi ko‘rinishiga e’tibor bera boshlaydi va 2014-yili burnini operatsiya qildiradi. U o‘z intervyusida bu haqda shunday deydi:

    Foto: “Daryo”

    “Burnimning ustki qismidagi bo‘rtib chiqqan suyak ekranda va suratlarda biroz xunuk ko‘rinar edi. Ilgari klip va konsertlarni tasvirga olish ishlarida tasvirchilarimiz, montaj ustalari kerakli rakursda ishlay olmay juda qiynalishardi. Qolaversa, o‘zim ham ba’zida bundan biroz uyalardim. Bu noqulaylikdan biryo‘la qutilish uchun plastik jarrohlik qilishga ahd qildim. Bolaligimdan orzu qilgan ishimni amalga oshirdim. Menimcha, endi burnimning ko‘rinishi chakki emas”.

    To‘rtta tilda erkin gaplashadi

    O‘zbek estradasidagi yorqin ijodkor o‘zbek tilidan tashqari, rus, ingliz, fransuz va ispan tillarida ham erkin muloqot qiladi. Tojik tilida so‘zlashishga biroz qiynaladi.

    “Vaqt topib, arab va xitoy tillarini ham o‘rganish rejamda bor. Bu ikki til har doim ommaviy muloqot vositasi hisoblangan. Shuningdek, Qur’oni Karimni ham, albatta, o‘rganmoqchiman”, — degan qo‘shiqchi.

    Foto: Instagram

    Munisa Rizayeva tadbirkorlik faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, poytaxtdagi mashhur mehmonxonalardan birini boshqaradi. U hatto ma’lum muddat o‘z mehmonxonasining o‘nta xonadan iborat beshinchi qavatida yashagan.

    Mashinalarga qiziqish

    Foto: Instagram

    Munisa Rizayeva avtomobillarga qiziqadi. U onasi, singlisiga ko‘pincha avtomobil sovg‘a qiladi. Xususan, yaqinda xonanda singlisi Karimaning tug‘ilgan kuniga Porsche Taycan avtomobilini hadya qildi. Uning o‘zi BMW X7 avtomobilini boshqaradi. Xonanda bir oy avval Malibu avtomobilini ham xarid qildi. 

    “Birinchi mashina birinchi sevgiga o‘xshaydi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, keyingi mashinani birinchisini sevganingiz kabi yaxshi ko‘rmaysiz, albatta, agar u BMW bo‘lmasa.

    Birinchi marotaba rulga o‘tirganda boshdan kechirgan tuyg‘ularni tasvirlab bo‘lmaydi.

    Men kichkinaligimdan mashina haydaganman, birinchisi ‘Jiguli’ bo‘lgan, unda men 13 yoshda edim. Keyin menga Matiz, undan keyin Nexia olib berishgan. Biroz vaqt o‘tgach, Nissan Qashqai’ni haydashni boshlaganman. Mercedes’ni sovg‘a sifatida otamdan olganman. Ushbu mashinalar mening xohishimga ko‘ra sotib olingan deb ayta olmayman, chunki ularni men tanlamaganman.

    Birinchi bor o‘zim sotib olgan avtomobil – Mercedes edi. Men Mercedes’ni juda uzoq vaqt minib yurganman, turli xil markalarini, albatta, masalan: Mercedes 222, Mercedes GLE, Mercedes GLS.

    Oxir-oqibat o‘sha unutilmas kun keldi – juda ikkilanib, BMW sotib olgan kun. To‘g‘risini aytsam, qilgan tanlovimdan hech ham afsuslanmayman. Chunki BMW shunchaki mashina emas, u har tomonlama mukammal ishlangan, katta tezlikda harakatlana oladigan zamonaviy avtoulovdir”, — deya hikoya qiladi xonanda.

     

    Ikki marta to‘yi to‘xtatilgan

    Oilada uch farzandning o‘rtanchasi bo‘lgan xonandaning opasi Kamola oilasi bilan Angliyada yashaydi. Singlisi Karima esa qo‘shiqchining yaqin yordamchisi.

    Foto: Instagram

    Munisa Rizayeva 2014-yilda xonanda Jasur G‘oipov bilan turmush qurayotganini ma’lum qildi. Ammo ko‘pchilik kutgan bu to‘y bo‘lmadi. Xonandalar garchi taqdir yo‘llari bog‘lanmagan bo‘lsa-da, hozirgacha do‘stona munosabatni saqlab qolgan.

    Foto: “Tarona.net”

    Munisa Rizayeva 2015-yilda tennischi Vaja Uzoqov bilan uchrasha boshlagan. Juftlik to‘ylariga bir necha oy qolganida tennischining xiyonati tufayli ajrashgan. “Qachon turmushga chiqasiz?” xonandaga Instagram orqali eng ko‘p beriladigan savol. Munisa Rizayeva ushbu savoldan charchagani bois ba‘zan muxlislariga yolg‘on gapirib ham turadi.

    Masalan, u yil boshida ham muxlislariga turmushga chiqayotganini aytib, hazillashdi.

    Foto: Instagram

    Bugungi kunda ham xit qo‘shiqlar yaratib, to‘y xizmatlarida reytingi baland bo‘lgan Munisa Rizayeva kuniga 8 tagacha to‘yga chiqadi va 24 soat ichida 8 ming dollar daromad topadi.

    Foto: Instagram

    Xonanda Instagram sahifasini 2012-yilning may oyida ochgan bo‘lib, hozirda uning folloverlari 5 million nafarni tashkil etadi. U o‘z sahifasiga to‘qqiz yil davomida 4 mingdan ziyod suratlar va videolar joylagan.

    Foto: “Daryo”

    2020-yildan boshlab O‘zbekiston Prezidenti va hukumat vakillari ishtirokidagi davlat tadbirlarida ham faol xizmat qilayotgan xonanda 2021-yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

    Muallif: Mirolim Isajonov

    Mavzuga doir:

    • Instagram: Munisa Rizayevaning Tashkent City’dagi hashamatli uyiga sayohat, Maryam Tillayeva “Andijon polkasi”ga raqsga tushdi, Anvar Sobirov qizini uzatdi
    • Munisa Rizayevaning onasi qizining nima sababdan haligacha turmush qurmayotgani haqida gapirdi (video)

    21.10.2021, 18:33   Izoh (0)   161917
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalq artisti bo‘lgunicha ko‘rgan qiyinchiliklari, onasining qarshiligiga qaramay rus qiziga uylangani haqida Muhammadali Abduqunduzov bilan intervyu (video)

    20.10.2021, 17:23

    Taniqli jurnalist Lola Zunnunova nima sababdan Milliy TV rahbarligidan ketganini ma’lum qildi (video)

    08.10.2021, 18:58

    Foto: Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimi qanday o‘tdi?

    06.10.2021, 12:33

    “Musiqa maktabiga qatnashga imkonim bo‘lmagani uchun eshik tirqishiga qulog‘imni qo‘yib, darsni tinglardim”. Ozodbek Nazarbekov va boshqa mashhurlarning ustozlari

    01.10.2021, 15:56

    “Saraton — hammasi tamom, degani emas”. Qo‘rqinchli kasallikni yenggan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    29.09.2021, 14:39

    “Prezidentimizni o‘pib, rahmat aytaman, degandim”. Obid Asomovning qizi hazil tariqasida aytgan gapi haqiqatga aylangani haqida (video)

    25.09.2021, 12:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qahva antibiotiklar ta’sirini kamaytirib, zararli bakteriyalarga yordam beradi — tadqiqot

    Ilm-fan | 5 avgust, 20:50

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    Toshkent viloyati | 5 avgust, 20:56

    IBA prezidenti Umar Kremlyov o‘zbekistonlik murabbiy bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirdi

    Sport | 5 avgust, 20:43

    O‘zbekistonda jazirama rekordi: iyulda qaysi hudud havosi 48 daraja isidi?

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:39

    ChatGPT foydalanuvchilarga jufti bilan ajrashishni maslahat berishni to‘xtatdi — OpenAI

    Dunyo | 5 avgust, 20:35

    Rossiyada 130 ga yaqin shahar yo‘qolib ketishi mumkin

    Dunyo | 5 avgust, 20:15

    AQSH 250 nafar noqonuniy muhojirni Ruandaga deportatsiya qiladi

    Dunyo | 5 avgust, 19:55

    O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirishga kelishib oldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.