• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ra’no Yarashevadan Feruza Normatovagacha. O‘zbek shou-biznesining hijobga kirgan vakillari (foto)

    Taniqli kino aktrisa Feruza Normatova 1-oktabr, juma kuni hijobga kirganini muxlislariga e’lon qildi. U o‘z Instagram sahifasi orqali bu haqda yozarkan, “Bir qarashda yengil bo‘lgan ro‘mol har kimning ham boshiga osongina yetib kelmasligini shu o‘tgan vaqt mobaynida anglab yetdim. Qalban va ruhan tayyor bo‘lishimni kutdim. Alloh nasib etib bugundan ro‘molim boshimga yetib keldi”, deya alohida ta’kidlagan. Quyida Feruza Normatovadan oldin hijobga kirgan o‘zbek shou-biznes vakillarini sanab o‘tamiz.

    Ra’no Yarasheva

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarashevaning hijobga kirganiga salkam to‘rt yil bo‘ldi. 60 yoshli aktrisa 2018-yilning fevral oyida Umra ziyoratida, 2019-yilning iyulida esa Haj safarida bo‘lib qaytgan. U bugungi kunda kino va seriallarda avvalgidek faol emas.

    Madina Mumtoz

    “Nihol” mukofoti sovrindori Madina Mumtoz onasi Ra’no Yarasheva hijobga kirgach, ro‘mol o‘rashni boshladi. Taniqli aktrisa va xonanda intervyularining birida hijobga kirganiga shunday izoh bergan:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Hijobga kirishni uzoq yillardan beri xohlab yurganman, tayyorlanganman. Xudoga shukr, siyosatimiz, davlatimiz ham bu narsaga ruxsat berib qo‘ydi. Bundan men kabi juda ko‘pchilik xursand bo‘lsa kerak.

    Hijobga kirganim ko‘pchilikka, hatto turmush o‘rtog‘imga ham syurpriz bo‘ldi. Umr yo‘ldoshim ‘Ro‘molga kirsangiz, xursand bo‘laman’, deb yurgan. Lekin hech qachon majburlamagan, bosim o‘tkazmagan.

    Uchinchi farzandimni dunyoga keltirib, o‘zim oxiri qaror qildim. Hijobga kirdi degani, bo‘ldi hamma narsa to‘xtadi, endi bitta xonani ichiga kirib o‘tiradi, degani emas. Ayol kishi Allohning aytgan farzlarini qilib turib ham, boshqa bir ishni bajara oladi. Shuni ham ko‘rsatib berishim kerak”.

    Madina Mumtoz klip va kinolarda ko‘rinish bermayapti. To‘y xizmatlariga chiqyaptimi yoki yo‘q, bu ham noma’lum. Chunki u oxirgi paytlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ijodiga oid videolar joylamayapti.

    Bonu

    2000-yillarda “Qora tun”, “O‘zbekiston”, “Afsona” kabi o‘nlab hit taronalari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Bonu (asli ismi Mahbubabonu — tahr.) o‘n yil avval hijobga kirib, Qur’on tilovat qila boshlagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Hayotimdagi sinovlar tufayli ijodimda tanaffus bo‘lib qolgan paytda vaqtdan unumli foydalanish maqsadida namoz o‘qishni boshladim, Qur’on va hadis kitoblarini o‘qidim, salovatlarni tingladim. Diniy kitoblarni o‘qib chiqqanimdan so‘ng san’at yo‘li qiz bola uchun to‘g‘ri yo‘l emasligini tushunganman”, — degan edi Bonu.

    Manzura

    Xonanda va aktrisa Manzura 2021-yilning 30-yanvar kuni Instagram sahifasi orqali ro‘molga kirganini ma’lum qilgan. O‘shanda u endilikda tarbiyaviy ahamiyatga ega hamda diniy mazmundagi qo‘shiqlar ijro etishini ham ta’kidlagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Shou-biznesda bo‘la turib, ro‘molga kirish tezda amalga oshadigan jarayon emas. O‘zim ro‘mol o‘rash uchun uch, to‘rt yil tayyorlandim, ko‘p narsadan voz kechdim. Qalban yaxshi ko‘radigan yaqinlarim ham ‘Manzura, o‘ylab ko‘rgin, shoshilmagin’, deyishardi. Chunki hijob kiygandan so‘ng uni yechish kerak emas va buning mas’uliyati bor.

    O‘rayotgan hozirgi ro‘molim go‘zal va bu menga juda yoqyapti. Bu muslima ayolning bir amali. Lekin komil inson bo‘lishga hali ancha bor, ko‘p yaxshiliklar qilish kerak”, — degandi u intervyularining birida.

    Manzura bugungi kunda ham to‘ylar va turli marosimlarda xizmat qilmoqda. Uning repertuaridan salovatlar, tarbiyaviy mazmundagi qo‘shiqlar o‘rin olgan.

    Kamola Arslonova

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Kelgindi qaynona”, “Sevginator-2”, “Opa-singillar” singari film va seriallardagi betakror ijrolari orqali tanilgan aktrisa Kamola Arslonova 2014-yilda turkiyalik Mesut ismli tadbirkorga turmushga chiqqach, ommaga hijobda ko‘rinish bera boshladi.

    Diyora taxallusi bilan qo‘shiq kuylagan serqirra ijodkor ayni paytda Izmir shahrida oilasi bilan baxtli hayot kechirmoqda. Axsen ismli qiz farzandi bor.

    Lola Zununnova

    “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan “Kinomaniya” ko‘rsatuvi bilan shuhrat qozongan teleboshlovchi va kinotandiqchi Lola Zununnova ham 2021-yilning may oyida hijobga kirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Hijobga kirishni yillar davomida orzu qilganman va tayyorgarlik ko‘rganman, bu birdaniga bo‘ladigan jarayon emas. Qalbimda Allohga bo‘lgan muhabbatim, ishqim kuchli edi. Kimdir hijobga kirsa, ich-ichimdan shu darajada xursand bo‘lardimki, o‘zim ham havas va orzu qilardim. Vaqti-soati kuni shu ekan, alhamdulillah, shunisiga ham shukr”, — deydi teleboshlovchi.

    Dildora Niyozova

    “Ishonma” qo‘shig‘i bilan yosh-u keksaning sevimli qo‘shiqchisiga aylangan Dildora Niyozova YouTube’dagi kanallarning biriga bergan intervyusida ro‘mol o‘ragani sabablari haqida quyidagicha gapirgan:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Har bir ayol ro‘mol o‘rashni xohlaydi. Mening uyimda qo‘shiq qo‘yilmaydi, faqat Qur’on qo‘yiladi. Ko‘pincha rivoyat va hadislarni eshitaman. San’atda ayol kishiga juda qiyin, shayton bor, lekin san’atda bu narsa juda kuchli. San’atkor bo‘lish mas’uliyati qiyin, chunki sizning har bir harakatingiz e’tiborda bo‘ladi.

    Avvaldan orzu qilardim, lekin san’atkorman, menga bu narsa to‘g‘ri kelmaydi. Ro‘mol o‘rasam, keyin meni hech kim to‘yga aytmay qo‘yadi, deb o‘ylardim.

    To‘g‘risini aytaman, men o‘zimni kimlargadir ko‘z-ko‘z qilish uchun yoki endi men boshqacha ayol bo‘ldim, deyish uchun o‘ramadim. Shu narsaga amin bo‘ldimki, oddiygina bir ro‘mol inson hayotini, hatto xarakterini o‘zgartirib yuborar ekan, chegaralab qo‘yarkan. Avvalgi xatolarimni to‘g‘rilashga harakat qilyapman.

    O‘zi oldindan aytib yurardim, tug‘ilgan kunimda ro‘mol o‘rayman, deb. 42 yoshga to‘lgan kunim o‘radim. Yana takrorlayman: kimgadir nimanidir isbotlash uchun ro‘mol o‘ramadim. Men hozir qalban baxtli ayolman, bu men uchun oxirigacha xayrli bo‘lsin”, — degan edi xonanda ro‘mol o‘raganini izohlab.

    Dildora Niyozova san’atni tark etgani yo‘q. U hozirda faqat ayollar ishtirokidagi davralarda xizmat qilib, qo‘shiqlar aytmoqda.

    Gulchehra Eshonqulova

    “Fotima va Zuhra”, “Shabnam”, “Panoh” kabi kinolardagi rollari bilan mashhurlikka erishgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova muxlislarining “Hijobga kirishingizga nima sabab bo‘ldi?” qabilidagi savollariga video orqali javob qaytargan. Uning qayd etishicha, ro‘mol o‘rashiga bir tush turtki bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Tushimda qorong‘ilikda turganimda, bir ovoz ‘Mana bu tomonga kirgin’, deb menga ko‘chani ko‘rsatdi. U ko‘cha juda qorong‘i edi. ‘Sen shu ko‘chaga qaragin’, dedi yana haligi ovoz. Qarasam, qorong‘i ko‘chani o‘rtasida zinapoya paydo bo‘ldi. Lekin u yerga borishga baribir qo‘rqyapman, sovuq va qorong‘iligini his qilib turibman.

    Birozdan keyin qarasam, Xudo rahmatli onam oppoq ro‘mol o‘rab turibdi, ammo yuzlari ko‘rinmayapti. Ularni sog‘inganimdan oldilariga borib, bir marta bo‘lsa ham quchoqladim. Ro‘mollari yuzimga tegdi va buni his qilganimni uyg‘onganimda ham sezdim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Keyin qorong‘ilikda pastda, ikki tomonda turgan odamlarning faqat kallalari ko‘rindi. Ular ‘Sen yalang‘ochsan, seni kiyiming yo‘q, bor kiyinib chiq, bu holatingda onang bilan gaplasha olmaysan, ko‘risholmaysan’, deyishdi.

    Shundan so‘ng boshqa bir xonaga kirdim. U yerda kiyimlar juda ko‘p va rang-barang ekan. Unisini olsam ham egasi chiqadi, bunisini olsam ham egasi chiqadi. Xullas, menga hech kim kiyimini bermadi. Bitta ostonaning u tomonida onam, bu tarafida men turibman. Kiyimim yo‘qligidan onam bilan suhbat qurolmadim. O‘sha yerda ‘bitta kiyimni deb onam bilan ko‘risholmadim’, deb yig‘lab, ko‘z yosh to‘kib, uyg‘onib ketdim.

    Shu tushdan keyin ro‘mol o‘rash vaqti kelganini, Xudo qalbimga solganini anglab yetdim. O‘sha kuni tongdan hijobga kirdim”, — degan edi AQShda yashayotgan aktrisa.

    Sevara Soliyeva

    Aktrisa Sevara Soliyeva joriy yil boshida Instagram sahifasiga ro‘molda tushgan suratini joylab, muxlislarining turli savollariga ko‘mildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Serqirra ijodkorning aytishicha, u 2020-yilda Ramazon oyidan keyin hijobga kirishni juda xohlagan, lekin ikkilangan. Keyin oxiri qaror qabul qilgan.

    Sevara Soliyeva “San’atni tark etdingizmi?” degan savolga “Yo‘q, islomiy qo‘shiqlar, salovatlar kuylamoqchiman. Borimcha rolga taklif etishsa, albatta, ijro etaman”, deb javob qaytargan.

    Hozirgi vaqtda u turli loyihalarda ishtirok etmoqda.

    Shirin G‘ofurova

    Taniqli radioboshlovchi Shirin G‘ofurova shu yilning avgust oyida ro‘mol o‘raganini Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Nimaga ro‘mol o‘radingiz?”, “Kim majbur qildi?”, “Tinchlikmi?”, degan savollarga bir oydan beri dayrektim to‘lib ketdi. Hech kim majbur qilmadi, yaxshilar. Islomda majburlash, zo‘rlash yo‘q. O‘zim anchadan beri o‘ylardim. Lekin bu fikrni nari surardim, hozir vaqti emas, keyin o‘rarman, ulguraman-ku, deb fikrlardim. Keyin o‘ylab qarasam, ulgurmay qolishim ham mumkin ekan. Inson besh daqiqadan keyin nima bo‘lishini bilmas ekan...

    13-avgust, juma kuni kepka va djinsi shimda uydan chiqib, dugonamning do‘koniga borib, “Ro‘mol va uzun ko‘ylaklar tanlab bering”, — dedim. O‘rtog‘im shokda!

    Tez-tez tanladik va do‘kondan uzun ko‘ylak, boshimda ro‘mol bilan chiqdim va ro‘molni boshqa yechmadim. O‘zim istadim shuni. Ishoning, ro‘mol o‘rab, shunaqa xotirjamlik va halovat topdimki, buni tasvirlab berolmayman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Meni bu qarorimda qo‘llab-quvvatlagan, “Mashaalloh, yarashibdi, xayrli bo‘lsin”, deya chiroyli niyatlar bildirgan yaxshilarga rahmat, boringizga shukr! Hayron bo‘lib, “Nega ro‘mol o‘rab oldingiz, kepkalaringiz ko‘proq yarashardi, nima balo bo‘ldi?” deb yozganlar, sizlarga ham rahmat.

    Ro‘mol o‘ragan opa-singillarni ham, ro‘mol o‘ramagan opa-singillarni ham birdek hurmat qilaman. Balki, Alloh ularni ham tez kunda ko‘ngillarini yorishtirar!”, — deb post qoldirgan Shirin G‘ofurova.

    Feruza Karimova

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Dastingdan”, “Netay yuragim”, “Dunyo” kabi taronalari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Feruza Karimova ham 2021-yilda hijobga kirdi. U turli davralarga ham ro‘mol o‘rab borayotganini tarmoqlardagi sahifalariga joylayotgan rasmlaridan bilish mumkin.

    Mavzuga doir: Dildora Niyozova nima sababdan hijobga kirgani hamda endi to‘ylarga chiqish-chiqmasligi haqida so‘zlab berdi (video)

    15.10.2021, 14:42   Izoh (0)   73667
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan Ruxshona, Luiza va Kaniza o‘rtasidagi janjal, Ozodbek Nazarbekovning qora tanli muxlisi

    14.10.2021, 22:28

    Yulduzlarning ijtimoiy tarmoqlardagi hayotini ko‘z-ko‘z qiladigan suratlari odamlarning o‘zini yomon his qilishiga sabab bo‘lishi aniqlandi

    14.10.2021, 20:42

    “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi — Halit Ergench va uning rafiqasi Berguzar Korel kutayotgan farzandining jinsi va ismini oshkor qildi (foto)

    14.10.2021, 17:57

    Bittagina klip uchun butun boshli mashinaning puli. O‘zbekistonlik xonandalar 3-4 daqiqalik video uchun qancha xarajat qiladi?

    14.10.2021, 14:58

    Tabassum qiling, yulduzli mehmon. Boshqalarning kadrida to‘satdan ko‘rinish berishni xush ko‘radigan mashhurlar (foto)

    14.10.2021, 10:54

    “Men buning uchun o‘z jonimga qasd qilmoqchi bo‘lganman!”. Xonanda Madonna umr bo‘yi nimadan afsuslanishi haqida so‘zlab berdi

    13.10.2021, 15:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.