• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Baydenni qutqarib qolgan tarjimon Afg‘onistonni tark etdi, “Tolibon”, AQSh va Yevroittifoq Dohada muzokaralar o‘tkazadi. Afg‘oniston yangiliklari

    2008-yilda Baydenni qutqarib qolgan tarjimon Afg‘onistonni tark etishga muvaffaq bo‘ldi

    2008-yilda amaldagi AQSh prezidenti Jo Baydenni “Tolibon” jangarilaridan qutqarishga yordam bergan afg‘onistonlik tarjimon Aman Xaliliy mamlakatni tark etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda tarjimon va uning oilasini evakuatsiya qilgan Human First Coalition tashkiloti ma’lum qildi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Evakuatsiyada tashkilotga Pokiston bosh vaziri ImronXon hamda AQSh Davlat departamentining bir nechta xodimlari, shu jumladan, davlat kotibi Entoni Blinken hamkorlik qildi.

    Dastlab Xaliliy o‘z oilasi bilan Afg‘onistondan Pokistonga, so‘ng u yerdan boshqa mamlakatga olib ketilgan. Ular aynan qayerga ko‘chirib o‘tkazilganiga aniqlik kiritilmagan.

    Human First Coalition Imron Xonga va AQSh Davlat departamenti xodimlariga o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, AQSh hukumati ayni paytda Pokiston poytaxtida bo‘lgan yana 200 nafar afg‘onistonliklarga ko‘maklashishga va’da bergani ma’lum qilindi.

    Aman Xaliliy Amerika armiyasiga ishlagan va rasmiy tarjimon bo‘lgan. 2008-yilda AQSh Qurolli kuchlarining ikkita Black Hawk vertolyoti Afg‘onistonning toliblar tomonidan nazorat qilinadigan tumaniga avariyali qo‘nishni amalga  oshirgan. Uning bortida uch nafar amerikalik senator bo‘lgan, bular — Jon Kerri (Massachusetsdan senator, keyinchalik prezident Barak Obama ma’muriyatida davlat kotibi bo‘lgan, hozir esa davlat rahbarining iqlim bo‘yicha maxsus vakilidir), Chak Xeygl (Nebraskadan senator, Obama davrida mudofaa vaziri bo‘lgan) va o‘sha paytda Delaver shtati vakili bo‘lgan Jo Bayden edi.

    Qo‘nganidan keyin ular yordam haqida signal yuborgan, ularning yoniga Xaliliy jo‘natilgan, u Humvee mashinasida bir necha soat tog‘lardan oshib yetib kelgan. Asosan uning sa’y-harakatlari bilan senatorlarni xavfli tumandan olib chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishgan.

    Sentabr boshida, “Tolibon” hokimiyatni egallab olganidan keyin Xaliliy Baydenga xat yuborib, uni oilasi bilan Afg‘onistondan olib ketishni so‘radi. “Salom, janob prezident! Meni va oilamni qutqaring! Meni bu yerda qoldirmang!”, — deb yozdi u. Oq uy, o‘z navbatida, tarjimonga yordam qilishga va’da berdi. “Biz sizni chiqarib olamiz. Sizni xizmatingiz uchun mukofotlaymiz”, — dedi Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki.

    Mavzuga doir: Bayden afg‘onistonlik qochqinlarga yordam berish uchun 500 mln dollargacha mablag‘ ajratadi

    “Tolibon”, AQSh va Yevroittifoq Dohada muzokaralar o‘tkazadi

    Yevroittifoq, AQSh va “Tolibon” harakatining rasmiy vakillari 12-oktabr kuni Qatar poytaxti Dohada muzokaralar o‘tkazadi.

    Yevroittifoq matbuot kotibi Nabila Massrali ma’lum qilishicha, uchrashuv “Amerika va Yevropa tomoniga toliblar bilan bir qator masalalarni hal qilish imkonini beradi”, shu jumladan, mamlakatdan xohlovchilarning erkin chiqib ketishi, gumanitar yordamdan foydalanish imkoniyati, ayollar huquqlariga rioya qilinishi va Afg‘onistonga boshqa terrorchilik guruhlarining qo‘yilmasligi.

    “Bu texnik darajada rasman fikr almashish bo‘ladi, u Afg‘onistondagi ‘muvaqqat hukumat’ni tan olishni bildirmaydi”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

    Mavzuga doir: AQSh bilan muzokaralar muvaffaqiyatli kechdi, sobiq amaldorlarning 16 mln dollar puli olib qo‘yildi, yagona sport telekanali o‘z ishini to‘xtatdi. Afg‘oniston yangiliklari

    “Tolibon” NATOning Afg‘onistondagi siyosatini muvaffaqiyatsizlik deb atadi va alyansni diplomatiyaga chaqirdi

    “Tolibon” harakati NATOning Afg‘oniston bo‘yicha siyosatini muvaffaqiyatsiz deb hisoblaydi va alyansni endi diplomatiyaga e’tibor qaratishga chaqiradi.

    “NATO bosh kotibi qandaydir vaqt mobaynida og‘riqni his qilishi va Afg‘onistondagi muvaffaqiyatsizlik haqida gapirishi mumkin, ammo NATO shuni tushunishi kerakki, hujumlar vaqti o‘tdi va endi diplomatiya yo‘lidan borish kerak”, — dedi “Tolibon” axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, toliblar “hech qachon Afg‘onistondan Xitoy va AQSh kabi dunyo mamlakatlari tomonidan vositachilik urushi olib borish uchun maydon sifatida foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi”.

    Shuningdek, Mujohid “Islom Amirligi ayollarga o‘qish va ishlash huquqini berish imkoniyatini ko‘rib chiqishini”, ammo bu mavzuni avval diniy mutaxassislar o‘rganib chiqishini aytdi. “Ayollarga ham ish kerak, lekin dastlab Afg‘oniston islom amirligi bu masalani ko‘rib chiqish uchun islom ulamolariga yubordi. Bu mavzu tez orada muhokama qilinadi”, — dedi u.

    Mavzuga doir: Putin AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqib ketganini qochishga qiyosladi

    12.10.2021, 12:21   Izoh (0)   30297
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iziston prezidenti o‘z vakolatlarini kengaytirdi

    12.10.2021, 11:04

    Havaskor detektivlar seriyali qotil Zodiakning shaxsini fosh qildi. Ularning fikricha, shov-shuvli qotilliklarni uch yil avval o‘lib ketgan kaliforniyalik bo‘yoqch...

    12.10.2021, 10:26

    Kim Chen In amaldorlarni KXDR aholisining yashash sharoitlarini yaxshilashga chaqirdi

    12.10.2021, 09:15

    Hindiston ichki ishlar vazirining o‘g‘li namoyishchilar o‘limida gumonlanib hibsga olindi

    12.10.2021, 08:26

    Uyqu va yolg‘izlik, ijtimoiy tarmoqlar va ko‘chmas mulk: Pavel Durov dunyoda yetarlicha qadrlanmaydigan va ortiqcha baho berib yuboriladigan narsalar ro‘yxatini tu...

    11.10.2021, 22:58

    COVID-19 xitoylik konchilar organizmidagi mutatsiyalar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin — olimlar

    11.10.2021, 21:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.