• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda sambo bo‘yicha jahon chempioni — Kamoliddin Rasulov boshqa bir sportchi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

    Toshkent shahrida qashqadaryolik jahon chempioni 29 yoshli Kamoliddin Rasulov boshqa bir chempion yigit tomonidan pichoqlab, o‘ldirildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Kamoliddin Rasulov.

    Kamoliddin Rasulov.
    Foto: Telegram

    Kamoliddin Rasulov 2012-yilda o‘tkazilgan sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi.

    “Daryo” so‘roviga javoban mazkur ma’lumotni tasdiqlagan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov voqea 2021-yilning 13-sentabr kuni soat 21:30 da Toshkent shahrining Uchtepa tumanida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

    “2021-yilning 13-sentabr kuni soat 21:30 da 30 yoshli fuqaro Sh.T. tanishi, harbiy xizmatchi Kamoliddin Rasulovga qo‘ng‘iroq qilib, undan xarid qilib olgan ‘Humo Trop’ vitaminini tavsiyasiga ko‘ra iste’mol qilgani natijasida sog‘lig‘i yomonlashganini, shifokorlar bu kasallikning davosi yo‘qligini bildirganini aytib, uni Uchtepa tumani, 14-mavzedagi uyi oldiga chaqirgan. Ular ko‘rishgach, o‘zaro janjallashib qolib, Sh.T. yonida olib chiqqan oshxona pichog‘i bilan Kamoliddin Rasulovni turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan”, — deydi Hayot Shamsutdinov.

    Hayot Shamsutdinovning qo‘shimcha qilishicha, Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan Sh.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Kamoliddin Rasulov (chap tomonda) va Otabek Umarov.

    Kamoliddin Rasulov (chap tomonda) va Otabek Umarov.
    Foto: Telegram

    “Daryo” manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, marhum Kamoliddin Rasulov Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tug‘ilgan.

    “Hozir marhumni kurashchi Sherali Jo‘rayev uyiga olib ketayotgan ekan”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manba.

    “Daryo” manbasining qo‘shimcha ma’lumot berishicha, sportchining o‘limiga sabab bo‘lgan Sh.T. ham milliy kurash va dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lib, o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempioni — Toshtemir Muhammadiyevning jiyani bo‘lgan.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshida chempion yigit Elbek Rahimov bir necha kishi tomonidan ayovsiz kaltaklanib, pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur voqea ortidan O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev hamda ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Qashqadaryoda bo‘lib, OAV vakillari hamda jamoatchilikka voqea tafsilotlari haqida gapirib bergandi.

    Mavzuga doir:

    • Murod Xonto‘rayevdan Jamshid Kenjayevgacha. So‘nggi 3 yilda vafot etgan o‘zbekistonlik sportchilar
    • Qarshida chempion yigitning o‘ldirilishida 8 nafar fuqaro ishtirok etgani, ularning orasida maktab o‘quvchilari ham borligi ma’lum bo‘ldi
    • Oliy sud raisi chempion o‘limida gumonlanayotganlar ishi ochiq sudda ko‘rilishini, jarayonni yoritish uchun OAV vakillariga sharoit yaratilishini ma’lum qildi

    14.09.2021, 12:27   Izoh (0)   138686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston aholisi 2021-yilda plastik kartadan naqd pul yechib olishni oshirdi

    14.09.2021, 11:58

    “O‘zbekneftgaz”: Gazlida neft va gaz konlaridagi quvurlarni o‘g‘irlayotgan to‘rt nafar shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi

    14.09.2021, 11:00

    O‘zbekistonda koronavirus bilan sutkalik kasallanish holati qatorasiga uchinchi kun 600 kishidan kam bo‘ldi

    14.09.2021, 10:59

    “O‘zgidromet” 15-sentabrda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    14.09.2021, 10:33

    MIB xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rgan 484 nafar fuqaroga 1,1 mlrd so‘m zararni qaytardi

    14.09.2021, 09:33

    O‘zbekistonda ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi berilishi kutilmoqda

    14.09.2021, 08:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning savdo urushlari jahon biznesiga 34 mlrd dollardan ortiq zarar keltirdi

    Dunyo | 30 may, 19:10

    Anjelina Joli sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittdan yarashishni iltimos qilmoqda

    Layfstayl | 30 may, 18:55

    Toshkentda parvoz vaqti styuardessaga tegajog‘lik qilgan erkakka chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 18:45

    Rossiyalik deputat o‘zbeklarning Sibirdagi tarixiy yerlariga bo‘lgan haqqini tan oldi

    Dunyo | 30 may, 18:37

    Britaniyalik ayol aqlli tish cho‘tkasi yordamida erining xiyonatini fosh qildi

    Layfstayl | 30 may, 18:20

    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

    Reklama | 30 may, 16:30

    Mashhur film va seriallardagi eng esda qolarli to‘y sahnalari

    Layfstayl | 30 may, 17:59

    Turkmaniston Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi

    Dunyo | 30 may, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.