Markaziy bank 15-sentabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 34,93 so‘mga ko‘tarilib, 10 686,62 so‘mni tashkil qildi. Yevro 64,70 so‘mga ko‘tarilib, 12 625,17 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 4,22 so‘mga pastlab, 10 651,69 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi to‘rt kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi.
Izoh (0)