6-sentabr kuni geymerlar uchun mo‘ljallangan yangi Red Magic 6s Pro flagmanining taqdimoti bo‘lib o‘tadi, ammo hozirda TENAA regulyatori tomonidan modelning asosiy texnik tavsiflari oshkor qilingan, deb xabar beradi IXBT.

Foto: TENAA

Red Magic 6s Pro modeli Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan 6,8 dyuymli OLED-ekranga ega bo‘ladi. Kadr chastotasi ko‘rsatilmagan, ammo u 120 yoki 144 gerts bo‘ladi, sensorli qatlam chastotasi esa — 720 gerts. Geymerlar uchun mo‘ljallangan smartfonning yon tomonlariga klavishlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning chastotasi 450 gertsga teng.

Ma’lumotlarga ko‘ra, apparat bir kristalli Qualcomm Snapdragon 888 Plus operatsion tizimi bazasiga va uch xil variantdagi xotiraga ega: 8/128, 12/256, 16/512 gigabayt. Frontal kamerasi 8 megapikselni tashkil etadi, asosiy kamera sifatida 64, 8 xa 2 megapikselli datchiklardan foydalanilgan.

Shuningdek, smartfon sozlanadigan RGB “podveska”, 120 vattli tezkor quvvatlanish funksiyali sig‘imi 4380 mA/soat akkumulyator va Android 11’ga ega bo‘lgan. Qurilma korpusining qalinligi 9,5 millimetrni, og‘irligi esa 215 grammni tashkil etadi.

Avvalroq ZTE kompaniyasi geymerlar uchun ingichka Nubia RedMagic 6R smartfonini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.