Apple kompaniyasi iPhone 13 narxlarini oshirish orqali TSMC tomonidan yetkazib berilayotgan narxi oshgan mikrosxemalar xarajatini qoplash niyatida, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
TSMC chiplar ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarini 20 foizga oshirishni rejalashtirmoqda, bu esa uning bir necha mijozlari, jumladan, Apple’ga ham ta’sir ko‘rsatadi. Yangi o‘zgarishlar 2022-yilning yanvaridan kuchga kiradi, ammo o‘zgargan narxlar 2021-yilning dekabriga rejalashtirilgan buyurtmalarga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.Apple kompaniyasi TSMC’ning eng yirik mijozlaridan bo‘lib, uning buyurtmalari 20 foiz daromadini tashkil etadi. Taxminlarga ko‘ra, narxlar 3—5 foizga ortishi kerak. Buni qoplash uchun kompaniya iPhone 13 modellari narxini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu yangi smartfonlar o‘tgan yilgi seriyadan qimmatroq bo‘lishini anglatadi.
2021-yilda Apple o‘zining yangi smartfonlar seriyasiga qator yangilanishlarni qo‘shgan, xususan, professional suratkash va videooperatorlar uchun maxsus yaratilgan funksiyani ham. Mish-mishlarga ko‘ra, Apple’ning taqdim etiladigan qimmat modellari video uchun ProRes va portret rejimini qo‘llab-quvvatlaydi.
Avvalroq iPhone 13 lineykasidagi barcha smartfonlarning narxi va xotira hajmi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)