Daryo

Alomatsiz kechayotgan pnevmoniyani qanday aniqlash mumkin?

Yakuniy tashxisni shifokor qo‘yadi, lekin ko‘rsatilgan alomatlardan kamida bittasi kuzatilganda ham o‘pkani maxsus tekshiruvdan o‘tkazish lozim

2 daqiqa o‘qish85 126 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “SM Klinika”

Koronavirus infeksiyasining eng xavfli asoratlaridan biri bu pnevmoniya. Afsuski, hozirgi kunga qadar tibbiyotda o‘pkaga zarar yetkazadigan viruslarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatadigan yetarli dori-darmonlar yo‘q. Koronavirus pnevmoniyasining yana bir xavfi shundaki, u tez-tez noaniq yoki yashirin alomatlar bilan birga keladi va ularni o‘tkazib yuborish oson. Quyida bunday vaqtda qanday belgilarga e’tibor qaratish kerakligini bilib oling.

Foto: “SM Klinika”

Yurakning tez urishi

Ogohlantiruvchi belgilardan biri – yurakning tez urishi. Puls o‘lchanganda yurak urishi daqiqasiga 100 martadan yuqori bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish lozim. Bu pnevmoniyaning alomatlaridan bo‘lishi mumkin.

Ko‘krak sohasida og‘riq

Agar infeksiya o‘pkaga tarqalsa, ko‘krak sohasida og‘riq rivojlanishi mumkin. Yo‘tal paytida yoqimsiz his-tuyg‘ular va hatto og‘riq paydo bo‘ladi. Lekin xurujdan keyin ham og‘riq davom etsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Balki, infeksiya o‘pkaga tarqalayotgandir.

Nam yo‘tal

Aslida balg‘am ajratadigan yo‘tal juda yaxshi, chunki u organizmdan balg‘amni chiqarib tashlashga yordam beradi. Ammo yo‘tal doimo nam bo‘lsa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak. Zaiflashtiruvchi yo‘tal pnevmoniya alomati bo‘lishi mumkin.

Qon aralash balg‘am

Agar yo‘tal bilan chiqadigan balg‘am qon aralash bo‘lsa yoki shunchaki qizg‘ish rangga ega bo‘lsa, bu o‘pkada infeksiya borligining belgisidir. Bunday vaziyatda shoshilinch ravishda shifokorga borish lozim, chunki bu juda jiddiy belgidir.

Titrash

Sovqotish va yuqori isitma pnevmoniyaning ishonchli belgisidir. Buni e’tiborsiz qoldirmaslik va yuqori haroratni tushirishga urinmasdan avval shifokorga murojaat qilish kerak.

Qiyinchilik bilan nafas olish

Nafas olish qiyinligi yoki nafas qisilishi kuzatilishi ham pnevmoniyaning yana bir alomatidir. Qoida tariqasida, infeksiya o‘pka ancha qismini egallaganida ushbu holat paydo bo‘ladi. Aks holda kislorod yetarlicha qonga kirib bormaydi va bosh aylanishi, hatto hushdan ketish ham mumkin. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar