• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turkiya kuchli yog‘ingarchilik tufayli suv toshqini ostida qoldi (video)

    Turkiyada o‘rmon yong‘inlari ortidan suv toshqini boshlandi, deb yozmoqda Reuters.

    Foto: “Fokus”

    Foto: “Fokus”

    G‘ayrioddiy kuchli yomg‘ir Turkiyaning Qora dengiz sohilida suv toshqinini keltirib chiqardi. Oqibatda ko‘prik buzilib ketdi, bir qancha qishloqlar elektrsiz qoldi.

    Suv toshqinlari Sinop, Bartin, Karabuk va Kastamonu viloyatlariga ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, Turkiya shimolidagi Bartin viloyatida ko‘prik qulab tushdi. Favqulodda holat natijasida 13 kishi jarohat oldi, bir kishi yurak xurujidan vafot etdi. Bundan tashqari, qutqaruvchilar toshqinda yo‘qolgan 80 yoshli ayolni qidirmoqda.

    Bosh vazirning Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, 12 ta qishloqda elektr ta’minoti uzilgan. Binolarning birinchi qavatlarini ham suv bosgan, shuningdek, suv mashinalarni oqizib ketgan.

    Bartindan 240 kilometr uzoqlikdagi Sinop viloyatida suv toshqini tufayli bir uy qulab tushdi. Viloyatning tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarida ko‘plab uylar va korxonalar suv ostida qoldi. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, ushbu hududdagi davlat shifoxonasi ehtiyot chorasi sifatida evakuatsiya qilingan.

    10-avgust kuni Oydin viloyatida kuchli yog‘ingarchilikdan keyin ko‘plab uylar va korxonalarni suv bosgan. Bundan tashqari, viloyat va Istanbul o‘rtasidagi yo‘lning bir qismi yuvilib ketgan, buldozerlar yordamida uyida qolib ketgan 20 kishi qutqarib olingan.

    Shuningdek, Kastamonu viloyatida kutilmagan va kuchli yog‘ingarchilik oqibatida binolarning yerto‘lalari suv ostida qolgan. Kastamonu shahar markazini Inebolu tumani bilan bog‘laydigan yo‘l to‘sib qo‘yilgan. Hukumat odamlarni mintaqaning turli joylarida suv toshqini va ko‘chkilar yuz berishi haqida ogohlantirdi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Suv bosgan uylardagi aholi evakuatsiya qilinmoqda, ular asosan puflama qayiqlarda olib chiqilmoqda.

    Mudofaa vazirligi Sinop va Kastamonidagi toshqinlar tufayli harbiy-havo kuchlariga tegishli ikkita AC-532 vertolyoti safarbar qilinganini ma’lum qildi.

    Iyul oyining ikkinchi yarmida ham Turkiyada suv toshqini yuz bergandi. Mamlakat shimoli-sharqidagi Rizo va Artvin viloyatlarida kuchli yomg‘irlar tufayli suv toshqinlari kelib chiqqan. 

    Iyul oxirida Turkiya janubida issiq va quruq havo sharoitida o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Hukumat taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Antalya viloyatidagi Manavgat kurort shahrida yetti kishi yong‘in qurboni bo‘lgan. Marmarisda yana bir kishi halok bo‘lgan. Jabrlanganlarning umumiy soni 864 kishiga yetdi.

    Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, “Olov bolalari” terrorchilik tashkiloti o‘rmon yong‘inlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yong‘inlardan vayron bo‘lgan hududlarni tiklash uchun kishi boshiga uch tupdan ko‘chat ekishga va’da berdi.

    Mavzuga doir:

    • Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarining koinotdan olingan suratlari
    • Afg‘onistonda suv toshqini oqibatida 150 kishi halok bo‘ldi
    • Londonda kuchli yomg‘ir tufayli ko‘chalar va metro bekatlari suv ostida qoldi (foto va video)

    12.08.2021, 12:46   Izoh (0)   29554
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo yillar davomida korrupsiyani yashirib kelgan va o‘zini tanqid qilganlarni qo‘rqitgan. Biroq u ayollarga shilqimlik qilgani bo‘yic...

    12.08.2021, 10:11

    Dog‘istonlik kurashchi Rossiya davlat dumasi deputatidan Tokio-2020 dagi g‘alabasi uchun 1 mln dollar mukofot olganini aytdi. Bu deputatning yillik daromadidan anc...

    12.08.2021, 09:42

    OAV: Turkmanistonda uyiga internet ulatish uchun fuqarolardan VPN’dan foydalanmaslik haqida qasam ichish talab qilinmoqda

    12.08.2021, 07:49

    Sudan sobiq prezident Al-Bashirni Xalqaro jinoyat sudi ixtiyoriga topshirishga qaror qildi

    12.08.2021, 07:07

    Afg‘oniston prezidenti va Shimoliy alyansning sobiq rahbarlari “Tolibon”ga qarshi kurash masalasida muhokama o‘tkazdi

    11.08.2021, 22:46

    Ilon Mask NASA’ga kosmik kostyumlar ishlab chiqarishda yordam taklif qildi

    11.08.2021, 21:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.