Toshkentda harakatlanadigan avtobuslarni real vaqt ichida kuzatish imkonini beradigan “Toshkent transporti” mobil ilovasi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, ilova orqali yo‘lovchilar o‘zlariga eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlar to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lgan holda manziliga yetib olishning eng maqbul usulini aniqlashi mumkin.
Shuningdek, yagona transport kartalarini sotish shoxobchalari joylashuvini tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishini ko‘rish imkoniyati ham bor.
Bundan tashqari, shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda yo‘nalishning A nuqtadan B nuqtasiga borish bo‘yicha aniq qo‘llanmaga ega bo‘lish mumkin.
Mavzuga doir:
- Toshkentda 1-avgustdan bir qancha avtobus yo‘nalishlari o‘zgartirilib, yangilari tashkil qilinadi
- BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi Toshkentda elektrobuslar sotib olishga 3,9 mln dollar ajratadi
- Toshkentda mart oyida eng ko‘p yo‘lovchi foydalangan avtobus yo‘nalishi qaysi ekani ma’lum qilindi
Izoh (0)