15-iyul kuni Toshkent shahrida AQSh, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston vakillari yangi to‘rt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilishining dolzarbligini qayd etgan. Tomonlar mintaqaviy bog‘liqlikni Afg‘oniston va mintaqada uzoq muddatli tinchlik, barqarorlikni o‘rnatish uchun muhim deb hisoblagan hamda tinchlik, mintaqaviy bog‘liqlikning o‘zaro mustahkamlovchi omil hisoblanishini ta’kidlagan.
AQSh, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston vakillari qisqacha aytganda mintaqaviy bog‘liqlikni kengaytirishga qaratilgan yangi to‘rt tomonlama diplomatik platformanini tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldi.Eslatib o‘tamiz, 16-iyul kuni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Unda 400 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan konferensiya Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.Tomonlar Afg‘onistondagi uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik mintaqaviy bog‘liqlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydi hamda tinchlik va mintaqaviy aloqalar o‘zaro bir-birini mustahkamlaydi degan yakdil fikrni bildiradi.
Samarali xalqaro savdo yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish uchun tarixiy imkoniyatni anglagan holda tomonlar savdoni kengaytirish, tranzit yo‘llarni yaratish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun hamkorlik qilishga umid qilmoqda.
Tomonlar ushbu hamkorlik shartlarini o‘zaro konsensus asosida belgilab olish uchun yaqin oylarda uchrashishga kelishib oldi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi
Izoh (0)