• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda bosqinchilik yo‘li bilan nogiron fuqaroning mol-mulkini talon-toroj qilgan yoshlarga sud hukmi o‘qildi

    Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi nogiron fuqaroning xonadoniga bosqinchilik yo‘li bilan kirib, uning oilasini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan va mol-mulkini talon-toroj qilgan yoshlarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi raisi Bobur Umarov ma’lum qildi.

    Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 28-dekabridan 29-dekabriga o‘tar kechasi g‘ijduvonlik 24 yoshli Akbar (barcha ismlar o‘zgartirilgan) hamda Sherali, 25 yoshli Ravshan, 23 yoshli Marat va 19 yoshli Mahmud tumandagi “Sharq” mahallasida yashovchi “boy aka” nomi bilan tanilgan tadbirkor, ammo nogironligi bo‘lgan fuqaro Salohiddin Salimovning xonadoniga bostirib kiradi.

    Jinoiy til biriktirgan yoshlar xonadon egasini qo‘rqitish va qarshiligini yengish uchun pichoqlar bilan qurollanib, qora rangli futbolkalar bilan niqoblangan. Uyga bostirib kirgan yoshlar cho‘chib uyg‘ongan uy a’zolaridan pul talab qila boshlagan. Mulklarini bermasa, o‘ldirishi mumkinligini aytgan.

    Salohiddin Salimovning turmush o‘rtog‘i boshqa divanda yotgan va qo‘rquvdan chinqirib yuborgan o‘g‘lini ovutish uchun uning oldiga borayotganda, niqobdagi shaxslarning biri ayolni siltab, o‘z o‘rniga qaytib o‘tirishga majburlagan va pichog‘i bilan unga tahdid qilgan. Oyog‘i protez qilingan va qo‘ltiqtayoqsiz yurolmaydigan uy egasi niqobli shaxslarga darvozaxonada turgan Gentra’si yukxonasida pul borligini, ularning hammasini olib ketib, oilasi va farzandlariga ziyon yetkazmasligini so‘ragan.

    Ikki nafar niqobli shaxs avtomashina yukxonasida bo‘lgan jami 12,5 million so‘m pulni olgan. Qolgan ikki nafar shaxs esa uy egasidan tilla taqinchoqlarni ham so‘ragan. Shunda uy egasining xotini qolgan barcha pul va tilla taqinchoqlari bankda garovda ekanligini aytgan. Biroq bundan kifoyalanmagan yoshlar yotoqxonada bo‘lgan jami bahosi 8 million so‘mga teng bir dona Samsung S7 va bir dona Samsung S10 rusumli telefon apparatlarini ham olib, yo‘l chetida o‘zlarini kutib turgan va davlat raqam belgisi berkitilgan Damas’ga o‘tirib, zudlik bilan ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

    Noma’lum shaxslar chiqib ketgach, oradan bir necha daqiqa o‘tib uy egasi qaynotasiga qo‘ng‘iroq qilib, bo‘lgan voqealarni aytgan. Qaynota bu haqda ichki ishlar idoralariga ma’lum qilgan va holat yuzasidan qidiruv-surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan. Dastlabki tergov organi tomonidan olib borilgan izlanishlarga ko‘ra, Salohiddin Salimovning xonadoniga yaqin kanal bo‘yidan bir dona plastmassadan yasalgan qora dastali oshxona pichog‘i, qurol o‘rnida ishlatilgan ikki dona yog‘och va ikki dona karton qog‘oz bo‘laklari, bir dona yaroqsiz holga keltirilgan Nokia 1208 uyali telefon apparati topilgan.

    “Bosqinchilik holatini sodir etgan shaxslar voqeadan 15 kun o‘tib qo‘lga olinganda, ular besh nafar ekani va barchasi ham vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan yoshlar ekani oydinlashgan. Ularning eng kattasi 25 yoshda bo‘lib, ular ushbu o‘g‘rilikda ishtirok etishni istamagan 19 yoshli yigitni ham qistov yo‘li bilan shu yo‘lga boshlashgan. Achinarlisi, bosqinchilikda o‘ziga belgilangan ishtirokchilik vazifasini bilib-bilmay bajargan M.H.ga arzimagan pul berib, ‘gullab qo‘ysa’ o‘zi ham jabr ko‘rishi mumkinligiga ishora qilishgan”, — deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi sudyasi Boborahim Ochilov.

    Sud hay’ati ish bo‘yicha jabrlanuvchi fuqaroga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplash yuzasidan qaror chiqargan hamda jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan hukm e’lon qilgan.

    Sud hukmiga ko‘ra, Akbar Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismining “v” bandi (bosqinchilik) bilan aybli deb topilgan va unga nisbatan 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shu modda bilan ayblanuvchi Sherali ham 12 yil muddatga, Ravshan va Marat 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Ularning jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan. Mahmud esa Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

    Mavzuga doir: 

    • Namanganda ro‘y bergan bosqinchilik kuzatuv kamerasi yordamida fosh etildi. Jinoyatchilarni uy bekasining o‘zi yollagani ma’lum bo‘ldi
    • Farg‘onada bosqinchilikda ayblanganlar sud zalidan qochib ketishi yuzasidan IIB mansabdorlariga jinoiy ish ochildi
    • Toshkentga ketayotgan taksi haydovchisiga tosh bilan hujum qilib, yonidagi 4800 dollarni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

    13.07.2021, 08:39   Izoh (0)   8107
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “Ochiq budjet” portali ishga tushdi. Fuqarolar budjetning bir qismini sarflashda ishtirok etishi mumkin

    13.07.2021, 08:24

    Namanganda 48 yoshli ayolning velosipedini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    13.07.2021, 08:08

    Farg‘onada qiymati salkam 10 mln so‘m bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

    13.07.2021, 07:49

    Sirdaryoda 700 dan ortiq “Tropikamid” dori vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

    13.07.2021, 07:07

    Farg‘onada ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni hal etish maqsadida 132 ta suv qudug‘i ishga tushirilishi ma’lum qilindi

    13.07.2021, 06:27

    Qurbon hayitiga tayyorgarlik, “Tolibon”ga qarshi urush ochgan sobiq mujohidlar, to‘nkarilib tushgan tank. 12-iyul suratlari

    12.07.2021, 23:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.