Daryo

Ozishga yordam beradigan 5 mikroelement

Quritilgan mevalar, banan, kartoshka, o‘rik, yong‘oqlar, ismaloq, qora smorodina kaliyga boy mahsulotlar sanaladi

3 daqiqa o‘qish64 212 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Domashniy Ochag”

Qaysi mikroelementlar vazn tashlashga yordam berishi hamda ular qaysi mahsulotlar tarkibida bo‘lishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Xrom

Moddalar almashinuvida faol ishtirok etadigan xrom insulin bilan birga glyukozani yaxshi singishiga yordam beradi, qandli diabetning kelib chiqish xavfining oldini oladi. Ammo bu hali hammasi emas, asosiysi mazkur mikroelement ozish jarayonida ham asosiy rol o‘ynaydi. Qondagi qand miqdorini nazorat qilib, shirinlikka bo‘lgan moyillikni kamaytiradi. Shunday qilib ratsionda xrom qancha kam bo‘lsa, ishtaha ham karnay bo‘lmaydi. Kattalar uchun kunlik me’yor 150 milligrammni tashkil qilishiga qaramay, hech kim me’yorning yarmini ham iste’mol qilmaydi.

Xromga boy mahsulotlarni iste’mol qilganda organizmda quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi:
  • Choy yoki qahvaga shakar odatdagidek ko‘p qo‘shilmaydi;
  • Pirojniy yeyishga xohish bo‘lmaydi;
  • Tetik va kuchga to‘la bo‘lish;
  • Jismoniy zo‘riqishlar muammo bo‘lmaydi;
  • Vazn tashlash.
Xromga boy mahsulotlar:

Yong‘oqlar, xandon pista, grechka, arpa yormasi (perlovka), qattiq pishloq, sut mahsulotlari, tovuq go‘shti, qo‘ziqorin, piyoz, kartoshka, loviya, no‘xat, barra pomidorlar va bodring, shuningdek, gulkaram, brokkoli, apelsin, yog‘li dengiz balig‘ida xrom bisyor bo‘ladi.

Kalsiy

Parhezshunoslar kalsiyni ozishni istaganlar uchun kalsiydan yaxshisi yo‘q, deb hisoblaydi. Kalsiyga boy mahsulotlar iste’mol qilinganda organizm har doimgidan ham faolroq ishlaydi.

Metabolizmni jadallashtiradi, hujayralararo moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Asab hujayralarining ta’sirchanligini kamaytiradi. Mushaklar spazmini bartaraf qilib, qonning ivishi me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, xolesterinni kamaytirib, buyrak usti bezlari hamda qalqonsimon bezning me’yorda ishlashiga yordam beradi. Organizmdagi kalsiy miqdori me’yorda bo‘lishi uchun nafaqat unga boy mahsulotlarni iste’mol qilish, balki mikroelementni organizmdan chiqarib yuborishi yoki miqdorini kamaytirishi mumkin bo‘lgan tuz va kofeindan tiyilish kerak.

Kalsiyga boy mahsulotlar:

Kunjut, bodom, yong‘oq, yeryong‘oq, mayiz, soya, karam, ko‘k piyoz, sabzi, kartoshka, sutli mahsulotlari, tuxum, salat bargi va dengiz mahsulotlari kalsiyga boy mahsulotlar sanaladi.

Magniy

Ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradigan magniy, hujayralarni kislorod bilan to‘yinish xususiyatini jadallashtiradi. Natijada glyukoza va almashinuvi va metabolizm yaxshilanadi. Ratsionga magniyga boy mahsulotlarni qo‘shganda organizmda quyidagi o‘zgarishlar yuz beradi:
  • Yurak ritmi me’yorda bo‘ladi;
  • Qondagi qand miqdori kamayadi;
  • Nafas olish yaxshilanadi;
  • Tishlar holati yaxshilanadi.
Magniyga boy mahsulotlar:

Dukkakli mahsulotlar, yong‘oqlar, kakao, dengiz mahsulotlari, ko‘katlar, qovoq va kungaboqar pistalari, kunjut, shokolad, yasmiq va loviya magniyga boy sanaladi.

Temir

Qon tomir tizimi uchun ahamiyatli hisoblangan temir moddasi, gemoglabinni yuqori bo‘lishi va immunitetni mustahkamlashga hissa qo‘shadi. Ushbu mikroelement hujayralarni kislorod bilan ta’minlaydi, metabolizmni jadallashtiradi, qalqonsimon bez gormonlarining me’yorda ajralishini yaxshilaydi, miyani faol ishlashiga yordam beradi.

Temirga boy mahsulotlar:

Jigar, go‘sht, loviya, quritilgan mevalar, anor, olma va o‘rik temir moddasining koni sanaladi.

Kaliy

Ortiqcha vazndan qutulish uchun harakat qilayotganlarning taomnomasida, albatta kaliyga boy mahsulotlar o‘rin olishi kerak. Aks holda uning tanqisligi selyullit va shishlar, oshqozon-ichaklar traktida muammolar kelib chiqishiga olib keladi. Agar turmush tarzi muntazam jismoniy zo‘riqishlarni taqozo qilsa, kaliyning kunlik me’yori biroz ko‘proq bo‘lishi kerak.

Kaliyga boy mahsulotlar iste’mol qilinganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
  • Asab tizimi faoliyati yaxshilanadi;
  • Mushaklar tonusi oshadi;
  • Shishlar yo‘qoladi;
  • Organizmda to‘plangan toksinlar chiqib ketadi;
  • Fermentlar sabab ovqat tez va sifatli hazm bo‘ladi:
  • Qon bosimi me’yorda bo‘ladi.
Kaliyga boy mahsulotlar: Quritilgan mevalar, banan, kartoshka, o‘rik, yong‘oqlar, ismaloq, qorag‘at kaliyga boy mahsulot sanaladi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar