Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Andijon viloyatida 4 ming gektar maydonda barpo etilayotgan yangi shahar qurilishiga tamal toshini qo‘ygan edi. “Gazeta.uz” tomonidan suratga olingan bo‘lajak shaharning chizmasi va maketlarida kam qavatli binolarning ustunligini ko‘rish mumkin.
Qayd etilishicha, loyiha Keym turk kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Loyihaning hovlisida yashil zonalar barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Turar joy binolari kvartallar shaklida joylashtirilishi, ko‘chalar tor bo‘lishi va ular bo‘ylab avtomobillar to‘xtash joylari qurilishi rejalashtirilgan.
2021—2041-yillarda yangi shahar sakkiz bosqichda qurilishi va unda 450 mingdan ziyod kishi istiqomat qilishi kutilmoqda. Shaharning umumiy maydoni 4000 gektarni tashkil etadi, shundan 2 mingtasini uy-joy va ijtimoiy soha obyektlari, sanoat zonalari va xizmat ko‘rsatish obyektlari egallaydi. Yana 2000 gektar maydonda yashil maydonlar yaratiladi.
Turar joy binolari kvartallar shaklida joylashtirilishi, ko‘chalar tor bo‘lishi va ular bo‘ylab avtomobillar to‘xtash joylari qurilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati faollari bilan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Andijon shahri tarkibida Yangi Andijon tumani 2022-yil 1-martdan boshlab tashkil etilishini ma’lum qildi. Yangi Andijon shahrida yerusti metrosi qurilishi ham mumkin.
Izoh (0)