Markaziy bank 21-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,75 so‘mga ko‘tarilib, 10 597 so‘mni tashkil qildi. Yevro 12,14 so‘mga pastlab, 12 915,48 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 9,00 so‘mga ko‘tarilib, 10 586 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga sakkizinchi kun ko‘tarildi.
O‘zbekistondagi tijorat banklarida esa dollar kursi 19-may kuni 10 630 so‘mga qadar ko‘tarilgandi. Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 540 so‘mga sotib olishni, 10 620 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu kabi vaziyat birinchi bor qayd etilmoqda.
Izoh (0)