Ikki mahsulotning yoqimli ta’mi uyg‘unlashib, ishtahani yanada ochib yuborishi shubhasiz.
Kerakli mahsulotlar:
- kartoshka – 800 gramm;
- motsarella – 100 gramm;
- qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq – 50 gramm;
- beshamеl sousi – 300 gramm;
- tuz va ko‘katlar.
- Tozalangan kartoshka bo‘laklarga bo‘linib, qaynayotgan suvda 6 daqiqa qaynatiladi.
- Beshamel sousi va qaynatilgan kartoshka pech qolipiga joylashtiriladi.
- Ustidan motsarella pishlog‘ini maydalab solinadi.
- Yana xuddi shunday qatlam takror terib chiqiladi.
- Eng yuqori qatlamga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi.
- 200 daraja qizdirilgan pechda 20 daqiqa davomida pishiriladi.
- Ta’bga ko‘ra ko‘katlar bilan bezatiladi.
Mavzuga doir:
- Iftorlikka sosiskadan ajoyib yegulik tayyorlang
- Iftorlik dasturxoni uchun go‘shtli rasstegay tayyorlaymiz
- Qiymasiga mayiz va sarimsoq qo‘shib, pechda pishiriladigan bulg‘or qalampirli do‘lma retsepti
- Pechning keragi yo‘q: Banan yordamida mazasi ajoyib tort tayyorlaymiz
- Iftorlikka yaxna taom: Turli retseptlar bo‘yicha okroshka tayyorlang
Izoh (0)