• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand sayyohlik markazi qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi va u kim tomonidan quriladi?

    15-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanida barpo etilayotgan Silk Road turizm markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, mazkur kompleks eshkak eshish kanali sohilida 212 gektar maydonda qurilmoqda. Loyihaga ko‘ra, bu yerda ikki qavatli kongress markazi, mehmonxonalar, restoranlar hamda savdo markazlariga ega dam olish maskani, amfiteatr va boshqa obyektlar paydo bo‘ladi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Ko‘l bilan vulqon, sun’iy daryolar, ko‘llar va ariqlar yaratilishi, shuningdek, parallel yo‘l (M39 asosiy avtomagistraliga olib boradigan yo‘l), kanaldan tarixiy zona, Samarqandning eski qismida joylashgan sun’iy ko‘lgacha olib boradigan yo‘llar qurilishi kutilmoqda.

    Hozirda New Renaissance kongress-xolli, “Abadiy shahar” karvon saroyi va sakkizta mehmonxona qurilishi davom etmoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”
    Ikkita 22 qavatli mehmonxona besh yulduzli, qolganlari to‘rt yulduzli bo‘ladi. Ulardan to‘rttasi sanitariya va sog‘lomlashtirish yo‘nalishida, Marakanda Group Hotel brendi ostida bo‘ladi va ularga quyidagi nomlar beriladi:
    • Alisher Navoiy — profilaktika tibbiyot klinikasi. O‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi, shoir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy sharafiga nomlangan;
    • So‘gd — detoks klinikasi. U Zarafshon vodiysi markazidagi qadimiy tarixiy viloyat nomi bilan atalgan. Miloddan avvalgi VIII asrda bu yerda davlat poytaxti — Maroqand shahri tashkil etilgan;

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”
    • Navruz — bu mehmonxona va sanatoriy majmuasi. Navro‘z bayrami sharafiga nomlangan;

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”
    • Bekhzod — nafas olish tizim kasalliklari klinikasi. Miniatyura san’atining eng katta ustasi, rassom Kamoliddin Behzod nomi bilan atalgan.
    Turistik markazdagi qolgan mehmonxonalar quyidagicha nomlanadi:

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”
    • Savitsky Plaza — rassom, restavrator, etnograf, san’atshunos, Nukusdagi San’at muzeyining asoschisi va birinchi direktori Igor Savitskiy nomi bilan atalgan;

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”
    • Stars of Ulugbek by Lia Minyoun — olim-astronom, davlat arbobi, Amir Temurning nabirasi Ulug‘bek nomi bilan atalgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”
    • Silk Road by Minyoun — Buyuk Ipak yo‘li nomi bilan atalgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”
    • Samarkand Regency (Amir Temur) — davlat arbobi, temuriylar davlatining asoschisi Amir Temur nomi bilan atalgan.
    “Abadiy shahar” majmuasi

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Abadiy shahar” karvonsaroyi, loyiha mualliflarining fikriga ko‘ra, O‘zbekiston madaniyatining “tashrif qog‘ozi”ga aylanadi. Unda mahalliy oshxonalar, hunarmandlar ustaxonalari, jumladan, yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik buyumlari ustalari, tut daraxtidan ipak qog‘ozi yasovchi ustalar, zargarlik buyumlari va gilamchalar to‘quvchi ustalarning ustaxonalari, shuningdek, shovqinli va o‘ziga tortuvchi yopiq va usti ochiq bozorlar bo‘ladi, shuningdek, spektakllar va mahalliy xalqlar madaniyatlarini namoyish etuvchi shoular o‘tkaziladi.

    Loyiha qiymati va buyurtmachi

    Loyihaning umumiy qiymati 353 million dollarga baholangan bo‘lib, bugungi kunda 726,3 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan. Obyektni 2022-yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

    Loyiha buyurtmachisi Samarkand Touristic Centre bo‘lsa, loyihalashtiruvchi Turkiyaning Arup Mühendislik ve Müşavirlik Limited Şirketi kompaniyasi, pudratchi esa Singapurning Enter Engineering kompaniyasi hisoblanadi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarkand Touristic Centre kompaniyasi 2019-yil 20-noyabrda Samarqand tumanida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ustav kapitali 10 milliard so‘mni tashkil qiladi, asosiy faoliyat turi mehmonxonalar va shu kabi yashash joylari hisoblanadi.

    Neft konlariga xizmat ko‘rsatuvchi Eriell Group kompaniyasi boshqaruvi raisi (u ham asosiy aksiyador ekani xabar qilingan edi) va Enter Engineering (O‘zbekistondagi eng yirik EPC-pudratchilardan biri) Baxtiyor Fozilov ushbu kompaniyaning 60 foiz ulushiga egalik qiladi, qolgan 40 foizi NBU Samarkand Invest’ga tegishli.

    Silk Road Touristic Centre, Marakanda Group Hotel, Savitsky Plaza savdo belgilarining egasi ham Samarkand Touristic Centre deb ko‘rsatilgan.

    Mavzuga doir: Samarqand aeroporti boshqaruvini Air Marakanda kompaniyasiga berish rejalashtirilmoqda

    08.05.2021, 12:55   Izoh (0)   55439
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdan Navoiyga aviaqatnovlar 14-may kundan boshlab qayta tiklanadi

    08.05.2021, 12:13

    O‘zbekistonda bir kunda yana 381 kishida koronavirus aniqlandi. Qurbonlar soni ikki nafarga ko‘paydi

    08.05.2021, 10:30

    Namanganda maktab o‘quvchisi 36 yashar ayolni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

    08.05.2021, 10:23

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 40 mingga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlandi

    08.05.2021, 09:39

    Samarqandda ijara uyini qimorxonaga aylantirgan 25 yoshli yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    08.05.2021, 09:10

    Tashkent City’ga kelgan retro avtomobillar marshi, harbiy ansambl va orkestr ijrosidagi chiqishlar — suratlarda

    08.05.2021, 08:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.