• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘izistonda konstitutsiya o‘zgartirilganidan keyin hukumat iste’foga yuborildi. Prezident iqtisodiy inqiroz haqida ma’lum qildi

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov yangi konstitutsiyaga muvofiq mamlakat hukumatiga iste’fo berdi. Bu haqda prezident veb-saytiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: president.kg

    Foto: president.kg

    “Davlat rahbari Qirg‘iziston Respublikasi hukumatiga iste’fo berib, hukumatni Vazirlar Mahkamasiga aylantirish hamda Mahkamani hukumatning huquqiy vorisi deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qildi”, — deyiladi veb-saytda.

    Vazirlar Mahkamasining rahbari etib 2021-yil 3-fevraldan buyon bosh vazir lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Maripov tayinlandi. Undan oldin Maripov Qirg‘iziston Hisob palatasini boshqargan.

    Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Iqtisodiyot va moliya; Mudofaa; Tashqi ishlar; Adolat; Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish; Madaniyat; Axborot, sport va yoshlar siyosati; Favqulodda vaziyatlar; Ichki ishlar; Transport va aloqa; Energetika va sanoat; Qishloq, o‘rmon va suv xo‘jaligi; Investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish, shuningdek, Raqamli taraqqiyot vazirliklari kiritiladi. Bundan tashqari, mahkama tarkibidan Ekologiya va iqlim davlat qo‘mitasi hamda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ham o‘rin oladi.

    Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzurida Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish va millatlararo munosabatlar davlat agentligi; Arxitektura, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi; Intellektual mulk va innovatsiyalar hamda Davlat moliyaviy razvedka xizmati faoliyat yuritadi.

    Sadir Japarov mamlakat xalqiga murojaat qilar ekan, Qirg‘iziston iqtisodiyoti so‘nggi yillardagi eng jiddiy inqirozga yuz tutayotganini ma’lum qildi.

    Prezident veb-saytida ta’kidlanishicha, o‘tgan yili mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o‘sish sur’ati deyarli 9 foizga kamaygan, bu so‘nggi 20 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich.

    Shuningdek, budjet kamomadi avvalgi yillar bilan taqqoslaganda uch baravar ko‘paygan va YaIMning 3 foizini tashkil etgan, yil oxiriga kelib tashqi qarz hajmi YaIMning 58 foizini tashkil etib, o‘ta salmoqli darajaga yetgan.

    “Iqtisodiyot so‘nggi yillarda o‘ta og‘ir ahvolga tushib qoldi, budjet kamomadi 20 milliard so‘mga (taxminan 235 million dollar) yetdi”, — dedi Japarov.

    Mamlakat prezidenti ushbu holat yuzasidan rasmiylarni aybladi. “Milliy manfaatlar va investitsiya loyihalarini rad etuvchi mansabdor shaxslar va siyosatchilarning noprofessionalligi natijasida bizning strategik sektorlarimiz — energetika va konchilik zarar ko‘rdi”, — dedi u.

    Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, “yer resurslaridan foydalanishga beparvo munosabat oqibatida qishloq xo‘jaligi kichik ishlab chiqarish darajasidan yuqoriga ko‘tarila olmaydi. Qat’iy choralar ko‘rish uchun kechiktirmasdan yeng shimarish kerak”, — dedi Japarov.

    Davlat rahbari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun bir necha qadamlarni rejalashtirmoqda. “Biz biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlarni yaratib beramiz. Bu avvalo ruxsatsiz tekshiruvlar, aralashuvlar, reydlar va hujumlardan himoyalangan bo‘ladi”, — dedi Japarov. Shuningdek, u byurokratik to‘siqlarni olib tashlash va soliq tizimini isloh qilish niyatini bildirdi.

    Ushbu bayonotlar Japarov mamlakatning yangi konstitutsiyasini imzolagandan so‘ng berildi. Qirg‘iziston konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartishlar hukumat rahbarining vazifalarini prezident apparati rahbariga yuklaydi. Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti vazirlarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, parlamentdagi deputatlar soni 120 kishidan 90 kishiga qisqartiriladi.

    Japarov yangi konstitutsiya 1-iyuldan kuchga kirishi mumkinligini aytgan.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘izistonda konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish haqidagi referendum bo‘lib o‘tmoqda
    • Qirg‘iziston prezidenti referendum kuni oktabrdagi noroziliklarni “nopok saylovlar” bilan izohladi
    • Qirg‘iziston konstitutsiyasi qayta yozib chiqilmoqda

    06.05.2021, 09:21   Izoh (0)   24724
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Myanmada sun’iy yo‘ldosh antennalaridan foydalanish taqiqlandi. Qonunbuzarlarga bir yillik qamoq jazosi tayinlanadi

    05.05.2021, 23:42

    Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi

    05.05.2021, 22:57

    Eronda shveysariyalik diplomat ko‘p qavatli binodan yiqilib halok bo‘ldi

    05.05.2021, 21:56

    Tramp tarafdorlari bilan muloqot qilish uchun donaldjtrump.com saytini ishga tushirdi

    05.05.2021, 21:11

    Tojikiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradiga tashrif buyuradi

    05.05.2021, 20:22

    Qirg‘iziston prezidenti mamlakat konstitutsiyasining yangi tahririni tasdiqladi

    05.05.2021, 19:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Studiyada jihozlash ishlari olib borilgan — Navoiydagi zaharli tutun haqidagi reportajdan keyin jonli efirlar to‘xtab qolganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 15:01

    “Britaniya o‘t ochish to‘xtatilgandan so‘ng Falastin davlatini tan olishi mumkin” — Starmer

    Dunyo | 26 iyul, 14:51

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.