O‘zbekistondagi masjidlar soni 2090 taga yetdi, deya xabar bermoqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.
Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan “Chinor” jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilib, uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirildi.
Shu bilan, Surxondaryo viloyatidagi masjidlar soni 122 taga yetdi.
Bundan avval Surxondaryoda “Domullo Mahmud” jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilgani, Samarqandda yangi ta’mirlangan uchta, Sirdaryoda esa qaytadan qurilib foydalanishga topshirilgan bitta masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Namanganning “Afsonalar vodiysi” bog‘idagi yangi masjidda ilk juma namozi o‘qilgani, Urgutda Samarqand viloyatidagi eng katta masjid hamda Toshkentda “Siroj solih” jome masjidi ochilgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)