• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlat soliq qo‘mitasi Rasul Kusherbayevni sudga berdi. Qo‘mita deputatdan 4,6 mlrd so‘m ma’naviy zarar undirmoqchi

    Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ustidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha bunga Rasul Kusherbayevning “Human.uz” axborot portalidagi “So‘z blogerlarga” ko‘rsatuvining 2021-yil 23-fevraldagi sonida aytgan haqoratomuz so‘zlari sabab bo‘lgan.

    “Oddiy soliq qo‘mitasining xodimi yoki mutaxassisi yuk xati nima uchun kerak bo‘lishini, hatto u shunchalik bilmaydimi yo tadbirkorlar, yo odamlar shunchalik ahmoq deb o‘ylaydimiki, o‘zini qilayotgan ishini noto‘g‘ri emasligini isbotlashi uchun dalil sifatida yuk xatini ko‘rmoqchi… Pastkashlik bo‘lsa shunchalik bo‘ladiki, soliq xodimi tadbirkordan yuk xatigacha so‘rayapti, uyidagi ‘tualetnaya bumaga’ning qanaqasini ishlatishini ham so‘ramabdi-da… Soliq organlari aylanib-o‘rgilib tadbirkorni aybdor deb topishim kerak degan prinsip ketyapti…”, — degan Rasul Kusherbayev ko‘rsatuvda.

    Qo‘mitaning ta’kidlashicha, Rasul Kusherbayev ushbu so‘zlar bilan soliq organlari xodimlarini asossiz ayblagan va ushbu xatti-harakatlari orqali soliq organlari xodimlari ishchanlik obro‘siga putur yetkazgan.

    Davlat soliq qo‘mitasining qayd etishicha, Soliq kodeksining 138-moddasi, 4-qismida kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq to‘lovchidan (soliq agentidan, uchinchi shaxsdan) hisobga olish hujjatlarini, taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish hujjatlariga doir tushuntirishlarni, shuningdek, soliq hamda yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq boshqa axborotni so‘rashi mumkinligi ko‘rsatilgan.

    Soliq kodeksining 223-moddasi, 3-qismiga muvofiq, yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini (yuk xati) rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar bo‘yicha tashish soliq bazasini yashirish deb e’tirof etiladi.

    “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari 22-bandida deputat ommaviy axborot vositalarida chiqishda davlat organlari va boshqa organlarning faoliyatiga munosabat bildirganda, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qo‘pol, haqoratomuz ibora va so‘zlarni qo‘llashga, asossiz ayblovlarga yo‘l qo‘yishga haqli emasligi, agar deputatning bayonotida shunday fikrlar mavjud bo‘lsa, deputat o‘z fikrlarining yanglishligi yoki noto‘g‘riligini oshkora tan olishi va kechirim so‘rashi kerakligi belgilangan”, — deb ta’kidlamoqda qo‘mita.

    Xabarda aytilishicha, yuqoridagilarga ko‘ra Fuqarolik kodeksining 99-, 100-, 1021- va 1022-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 33-, 189- va 191-moddalariga asosan javobgar Rasul Kusherbayev davlat soliq xizmati organlari ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlariga nisbatan ommaviy axborot vositalari orqali raddiya berishi hamda kechirim so‘rashi lozim.

    “Javobgar xatti-harakatlari orqali soliq organlariga 4,6 milliard so‘m miqdorida ma’naviy zarar yetkazgan. Ushbu ma’naviy zarar undirilgach, ‘Mahalla’ xayriya jamoat fondi huzuridagi ‘Saxovat va ko‘mak’ jamg‘armasiga o‘tkaziladi”, — deyiladi Davlat soliq qo‘mitasi xabarida.

    Shuningdek, davlat soliq xizmati organlari so‘z erkinligiga qarshi emasligini ta’kidlangan.

    “Biroq har qanday asossiz fikrlar uchun belgilangan tartibda, qonun doirasida javob berish lozimligini ham unutmaslik kerak. Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi soliq organlari xodimlarining nafaqat huquqiy va ijtimoiy manfaatlarini doim himoya qiladi, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlar uchun javob berilishini talab qiladi”, — deyiladi xabarda.

    Mavzuga doir: “Men qonun ustuvor bo‘lishini istayman, xolos, o‘lay agar, boshqa maqsadim yo‘q” — Rasul Kusherbayev uni populistlikda ayblagan Sherzod Shermatovga javob qaytardi

    27.04.2021, 16:12   Izoh (0)   63734
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham 14 kunlik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

    27.04.2021, 15:42

    O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirining bir o‘rinbosari ishdan olindi, birinchi o‘rinbosari esa oddiy o‘rinbosarga aylandi

    27.04.2021, 15:11

    “O‘zgidromet” 28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    27.04.2021, 14:46

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni fuqarolarda xohish yo‘qligi, vaksinaga ishonch kamligi sabab sust ketmoqda — bosh vazir o‘rinbosari

    27.04.2021, 14:34

    Toshkentga yana 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi. O‘zbekistonda shu vaqtgacha emlanganlarning 46 foiziga shu vaksina yuborilgan

    27.04.2021, 14:29

    Nurafshonda ikki qavatli uyda gaz portladi, bir kishi halok bo‘ldi

    27.04.2021, 13:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40

    “Manchester Yunayted” “Real” futbolchisi uchun 90 mln yevro taklif qildi

    Sport | 12 iyul, 17:35

    O‘zbekistonda soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish tartibi soddalashtiriladi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:10

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.