• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi tashqi reklama obyektlari nega buzilmoqda? Har bir soha mutasaddilari bunga javob berdi

    Toshkentda 8-apreldan boshlab reklama konstruksiyalari ommaviy buzib tashlanayotgani jamoatchilik o‘rtasida turli mazmundagi bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. 24-aprel kuni mazkur mavzu doirasida O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqotda tashqi reklama obyektlari bo‘yicha o‘tkazilgan davra suhbatida har bir soha mutasaddilari tashqi reklama obyektlari nega buzilayotganiga javob berdi. Bu haqda “Rost24” xabar berdi.

    Foto: Saveliy Sokolov

    Foto: Saveliy Sokolov

    Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi o‘rinbosari Erali Bozorov tartibsiz o‘rnatilgan reklama konstruksiyalari yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, fuqarolarimiz hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga jiddiy xavf solayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

    Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mirziyod Mahkamov ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi reklama faoliyatida soliq bazasi yashirilayotgani, soliqlar o‘z vaqtida to‘lanmayotgani, bu esa budjetga tushumlarning pasayishiga sabab bo‘layotgani, natijada ijtimoiy soha dasturlarini amalga oshirishda muammolar paydo bo‘layotganini ma’lum qildi.

    Qurilish vaziri boshqarma boshlig‘i B.Sodiqov o‘z chiqishida tashqi reklama konstruksiyalarini o‘rnatishda shaharsozlik normalari va qoidalariga yetarli darajada rioya etilmayotgani, shaharlarning tashqi qiyofasi va ko‘rkiga rahna solinayotganini qayd etdi.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Davron Qambarov tashqi reklama konstruksiyalari noqulay ob-havo sharoitlari, jumladan, kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar ta’sirida fuqarolarning hayoti va mol-mulkiga xavf solayotgani, ushbu konstruksiyalar favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilayotganiga diqqatini qaratdi.

    Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori Elmurot Haytmetov, jumladan, tashqi reklama konsturksiyalarini tartibga keltirish uchun tadbirkorlik subyektlariga 6 oydan ko‘proq muddat berilganini, bundan tashqari, mediatsiya asosida tashqi reklama konstruksiyalarini tartibga keltirish uchun sudlar tomonidan ham ma’lum muddat imkoniyat taqdim etilgani, lekin shunga qaramay, bir qator tadbirkorlik subyektlari tomonidan bu boradagi qonun ijrosi ta’minlanmaganiga e’tibor qaratdi.

    Respublika manaviyat va ma’rifat markazi rahbari Minxojidin Hojimatovning ta’kidlashicha, ayrim tadbirkorlar ko‘proq daromad olish maqsadida tashqi reklama vositalarida millatimiz timsoliga aylangan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ulug‘ mutafakkirlarimizning tabarruk siymolaridan bachkana usullar orqali foydalanishga urinmoqda. Xalqimiz ma’naviyati va qadriyatlariga ochiqdan ochiq bepisandlik hisoblangan bunday holatlar yurtdoshlarimizning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, yana bir qator tashkilotlar vakillari ham mavzuga oid muammolarning yechimi yuzasidan o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirdi.

    Avvalroq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur vaziyatga munosabat bildirib, Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida” 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli qarori bilan tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish, o‘rnatish, ularga yer ajratish, to‘lovlar miqdorini aniqlash, texnik jihatdan tartibga solish va boshqa masalalar yuzasidan yagona amal qiluvchi mexanizmlar joriy qilinganini ta’kidlagandi.

    Eslatib o‘tamiz, Toshkentda tashqi reklama konstruksiyalarini xatlovdan o‘tkazish, yagona elektron reyestrni shakllantirish maqsadida tashqi reklama obyektlariga moratoriy joriy etildi. Ushbu taqiq 2021-yilning 1-aprelidan 31-dekabrigacha amal qiladi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yuzlab tashqi reklama konstruksiyarlari hech qanday huquqiy asoslar ko‘rsatilmasdan buzib tashlanayotgani haqida xabarlar tarqalgach, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tashqi reklama konstruksiyalari buzib yuborilishining qonuniyligini o‘rganishga kirishdi. Savdo-sanoat palatasi reklama bannerlari nima sababdan buzilayotganiga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent hokimligiga so‘rov yubordi.

    25.04.2021, 14:29   Izoh (0)   52382
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuror O‘zbekistonda 2020-yil yer bilan bog‘liq masalalarda qancha mansabdor javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi

    25.04.2021, 14:08

    O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi xodimi koronavirus oqibatida vafot etgani aytildi

    25.04.2021, 13:09

    O‘zbekistonda 26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    25.04.2021, 12:27

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 348 kishida koronavirus tasdiqlandi

    25.04.2021, 11:05

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 550 ming kishiga yaqinlashdi

    25.04.2021, 10:26

    Namanganda ikki nafar yollanma ishchi tuproq ostida qolib, halok bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    25.04.2021, 10:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.