O‘zbekistonda Bundan deyarli bir yil avval, aniqrog‘i, 2020-yil fevral oyida jamiyatdagi ijtimoiy muammolarga kompleks yondashuvchi yangi davlat tashkiloti — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilgan edi. Vazirlik ishga tushganidan keyingi davrda mamlakatda yana 34 ta yangi mahalla tashkil etildi, soha uchun zarur bo‘lgan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti ish boshladi va hokazo.
Quyida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan “Daryo”ga taqdim etilgan raqamlar ish ko‘lamini yanada aniqroq ko‘rishga imkon beradi.
Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Ushbu yo‘nalishda viloyatlar va tuman (shahar)larda Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Namunali oila mezonlarini hayotga joriy etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari” ish boshladi. Bu chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, ajralish yoqasiga kelib qolgan 20 952 oila yarashtirildi, 12 851 oilaning nikohi qonuniylashtirildi, oilaviy ajralishlar 3 559 taga kamayishga erishildi.Korxona, tashkilot va muassasalarda 34 088 ta xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi. 99 100 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. 41 110 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 14 mingdan ziyod xotin-qizlar doimiy ishga, 179,9 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, 4,4 ming nafari tadbirkorlik sohalariga jalb etildi.
11 ming nafar xotin-qizlarga banklar tomonidan 1 trillion so‘mdan ortiq kreditlar ajratilishiga ko‘maklashildi. 3 335 nafar xotin-qizlarning kichik biznes loyihalari uchun Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan jami 70 milliard 922 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
Hududiy xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tomonidan 39 600 nafar ayollar tikuvchilik, pazandachilik, tadbirkorlik ko‘nikmalari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qitildi. 26 247 nafar xotin-qizlar kasbga o‘qitish markazlarida kasbga tayyorlandi. 17 448 nafar xotin-qizlar hunarmandchilik, 12 101 nafari kasanachilik sohalariga jalb etildi. 4 873 nafar xotin-qizlar mahallalardagi tajribali usta-hunarmandlarga biriktirildi va kasb-hunarga o‘rgatildi.
1 246 nafar xotin-qizlarga uy-joy sotib olish uchun Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 21 milliard 746 million so‘m miqdoridagi boshlang‘ich badallar to‘lab berildi. 57 217 nafar ayollarga huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar ko‘rsatildi.
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan nogironligi bo‘lgan 2 425 nafar xotin-qizlarga 1,9 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar evaziga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi va boshqa reabilitatsiya vositalari berildi. 18 628 nafar xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etishlari uchun tavsiyanomalar berildi, shundan 950 nafari oliy ta’lim muassasalariga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga murojaat qilgan 14 849 nafar fuqarodan 5 796 nafariga psixologik, 3 680 nafariga huquqiy, 503 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatildi, 1 553 nafarining bandligi ta’minlandi. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 17 917 nafar xotin-qizlarga “himoya orderi” berildi.
Uzoq muddat bola parvarishida bo‘lgan og‘ir sharoitda yashayotgan 22 459 nafar ayollarning manzilli ro‘yxatlari shakllantirildi, ularning 2 767 nafari tikuvchilikka, 1 219 nafari pazandachilikka, 1 353 nafari hunarmandchilikka o‘qitildi, 1 541 nafari bo‘sh vakant ish o‘rinlariga joylashtirildi, 4 278 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi, 2 391 nafari o‘zini o‘zi band qilib, mehnat guvohnomalari rasmiylashtirildi, 2 641 nafari boshqa ishlarga jalb qilindi.
2020-yil oktabr—dekabr oylarida 6,38 milliondan xotin-qizlar bilan o‘tkazilgan muloqotlar natijasida 433 mingga yaqin kishi “Ayollar daftari”ga kiritildi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hozirga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan 80 175 nafar (19 foizi) xotin-qizlarning muammolari hal etilgan.
177 ta tuman, shaharlarda xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va ularni umumlashtirish uchun “sektor – tuman – viloyat” darajasida 198 ta shtablar tashkil etilgan. 7 842 ta mahalladagi 5 mln 473 ming 187 ta xonadonda yashovchi 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 5 mln 363 ming 640 nafar xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, hozirda barcha anketalarning elektron bazasi shakllantirilmoqda.
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan shu davrga qadar oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, og‘ir vaziyatga tushgan oilalar bilan ishlash, suitsid holatlarini oldini olish, yoshlar orasida tadbirkorlik muhiti va madaniyatini shakllantirishga qaratilgan 5 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlandi.
Jinoyatchilikni oldini olish, xavfsiz mahalla tizimini shakllantirish:
Profilaktika inspektori lavozimi bo‘yicha qo‘shimcha 2 573 ta shtat birligi joriy etildi va barcha mahallalarda ular faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 961 ta hududlarda “mahallabay” dasturlar ishlab chiqildi hamda Milliy gvardiya xodimlari biriktirildi.Mahallalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan 126 ta jinoyat 78 taga qisqartirildi va oldi olinishi mumkin bo‘lgan 48 ta jinoyat qoldirildi. Bu ishlar natijasida 9 168 ta mahallaning 4 488 tasida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi, 1551 tasida jinoyatchilik kamayishiga erishildi.
Nizoli oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi ishlar natijasida 19 967 ta oilaning notinchligiga barham berildi. 313 178 ta obyektga videokuzatuv kameralari o‘rnatilishi tashkil etildi. 240 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi, 3 824 ta jinoyat ular tomonidan fosh etildi.
8 615 nafar shaxslar reabilitatsiya markazlariga joylashtirildi. 4 956 nafar qarovsiz voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga joylashtirildi. Profilaktik hisobda turgan 2 190 nafar ayollarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni qayta tiklashda ko‘maklashildi. Profilaktik hisobda turgan 4 014 nafar voyaga yetmaganlar profilaktik hisobdan chiqarildi.
Aholi bandligini ta’minlash
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda 1,08 milliondan ziyod fuqaroning bandligi ta’minlandi, 519,2 ming nafari jamoat ishlariga jalb qilindi, 71,9 ming ortiq shaxsga ishsizlik nafaqalari tayinlandi. 371,2 ming nafar fuqaroga o‘zini o‘zi band qilish orqali ularga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari rasmiylashtirishga ko‘maklashildi.70 173 nafar fuqarolar hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, tomorqa bilan shug‘ullanish kabi yo‘nalishlarga jalb etildi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 187 610 nafar fuqaroga kredit olishga, 41 230 nafariga subsidiyalar ajratishga ko‘maklashildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda 467 ming 079 nafar mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolardan 268 ming 267 nafarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi.
Aholining tomorqa yerlarida 305,4 ming gektar ertaki, 241,3 ming gektar takroriy ekin, 162,3 ming gektar to‘qsonbosti uslida piyoz, sarimsoq piyoz va sovuqqa chidamli ekinlar ekish tashkil etildi. 244,7 ming aholi tomorqalarida jami 6,9 ming gektar maydondan iborat issiqxonalar barpo etildi.
751 539 ta imkoniyati cheklangan oilalar xonadonlarining 28,8 ming gektar yer maydoniga kartoshka, poliz va sabzavot ekinlarini ekishda hamda 15,3 mingta xonadonda jami 651,4 gektar maydonda issiqxona qurish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Davlat dasturi asosida 10 641 nafar fuqaroga jami 5 847,9 gektar qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan yerlar qishloq xo‘jaliklari mahsulotlarini yetishtirish uchun taqsimlab berildi hamda 198 ta qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalariga biriktirildi.
Pandemiya sharoitida 163 408 ta ehtiyojmand oilaga g‘alladan bo‘shagan yerlardan 64 808,1 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish uchun ajratildi. “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida 1254 ta mahalla sabzavotchilikka, 359 ta mahalla kartoshkachilikka, 86 ta mahalla polizchilikka, 746 ta mahalla bog‘dorchilikka, 132 ta mahalla limonchilikka, 443 ta mahalla chorvachilikka, 134 ta mahalla parrandachilikka, 44 ta mahalla asalarichilikka, 4 ta mahalla quyonchilikka ixtisoslashtirildi.
Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun 2 548 ta xonadonga 16,4 milliard so‘m subsidiya; sug‘orish vositalarini xarid qilish uchun 379 ta xonadonga 1,6 milliard so‘m, urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun 162 ta xonadonga 222,2 million so‘m miqdorda kredit ajratishda ko‘maklashildi.
Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan shahar va tumanlar 104 ta tuman va shahalardardagi 956 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarda 1 215 ta vertikal sug‘orish quduqlari qazib berildi. Fuqarolar yig‘inlari hududlarida 6,6 mln. dona mevali va 5,4 mln. dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va mahalla hududlarida jami 7,6 ming gektar maydonda kichik bog‘lar yaratildi.
Bu ishlar natijasi o‘laroq, kam ta’minlangan 174 258 ta oilani “Temir daftar”dan chiqarishga erishildi.
Yuqorida keltirilgan raqamlar — vazirlik tomonidan bir yilda amalga oshirilgan salmoqli ishlarning bir qismi, xolos. Jumladan, pandemiya oqibatida daromadidan ayrilgan aholiga va Sardoba suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga ko‘rsatilgan yordam ham alohida bir katta mavzu. Biroq bu haqda boshqa safar.
Izoh (0)