Niderlandiya World Press Photo tanlovining 2021-yildagi laureatlari e’lon qilindi. Bu haqda tanlov saytida e’lon qilingan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Birinchi quchoq” nomli surati sabab Mads Niss, Yil fotosi nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Suratda San-Paulu qariyalar uyidagi 85 yashar Roza Luziya Lunardi, besh oylik karantindan keyin hamshirani bag‘riga bosganini ko‘rish mumkin.
Sport yo‘nalishi bo‘yicha esa Adaa Pretti eng yaxshi deb topilgan. U tomonidan olingan kadrda Germaniyadagi bouldering mashg‘uloti muhrlangan.
Amerikalik Ralf Peyning niqobni tomosha qilayotgan dengiz arsloni surati esa Atrof-muhit yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan.
Evelin Xokshteynning Vashingtondagi Linkoln me’moriy yodgorligini buzish haqidagi bahs muhrlangan kadri esa Yangiliklar yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi deb e’tirof etilgan.
Pablo Toskoning Yamanda yashovchi Fotimaning o‘g‘li bilan baliq ovlash uchun to‘r tayyorlayotgani aks etgan surati esa Zamonaning muammolari yo‘nalishida g‘olib deb topilgan. 9 nafar farzandi bo‘lgan ayol ularni boqish uchun baliq ovlab kun ko‘radi.
Tabiat yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik esa Ami Vitalega nasib qilgan. U tomonidan olingan suratda Rotshild jirafasini maxsus, xavfsiz joyga ko‘chirib o‘tkazilmoqchiligini ko‘rish mumkin. Avvalroq Bird photographer of the year tanlovining finali uchun eng yaxshi fotolar saralab olingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
- Yovvoyi tabiatning eng yaxshi suratlari tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kadrlar (foto)
- Havaskorlikdan professionallikkacha bo‘lgan yo‘l aks etgan suratlar
- Tabiat tomonidan in’om etilgan mo‘jiza tufayli o‘zgacha ko‘rinishga ega hayvonlar (foto)
- Suv ostidagi ko‘rgazma: Oq dengizdagi muz ostidan olingan noodatiy kadrlar
Izoh (0)