Birlashgan Arab Amirliklarida smartfondagi mobil dastur orqali chaqirish mumkin bo‘lgan birinchi AYoQSh paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Telefondagi maxsus dastur benzin kam qolganidan ogohlantiradi va mobil yoqilg‘i quyuvchini chaqirishga yordam beradi.
Endilikda haydovchilar statsionar AYoQShlarga borib, navbatda turishi shart emas.
Dasturchilarning ma’lum qilishicha, mazkur yangilik dunyodagi shu kabi ilovalar ichida birinchi bo‘lib, ular ayrim avtomobillar modeliga avtomatik ravishda o‘rnatiladi.
Mavzuga doir: Norvegiyada benzinli avtomobillar deyarli sotilmayapti. Mart oyida sotilgan mashinalarning 85 foizi elektrokar va gibridlardir
Izoh (0)