Sitrus mevalarni, xususan, apelsin va apelsin sharbatini haddan ortiq iste’mol qilish teri saratonining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda AQShdagi Indiana universiteti tadqiqotchilari tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ovqatlanish ratsioniga kuniga ikki porsiyadan ortiq sitrus mevalarni qo‘shgan insonlarda melanoma xavfi uni iste’mol qilmaydiganlarga nisbatan 63 foizga ortadi.
Apelsinga kelinadigan bo‘lsa, kuniga bir porsiyadan ortiq apelsin va apelsin sharbatini ichish teri saratoni yuzaga kelishini mos ravishda 79 hamda 54 foizga oshiradi.
Olimlarning taxminicha, bunga sitrus mevalar tarkibida bo‘ladigan va fotosensibillashtiruvchi hamda fotokarsinogen xususiyatlarga ega psolaren moddasi sababchi. Ayniqsa, bu kabi onkologik kasalliklarga yorqin va juda yorqin teriga ega insonlar uchraydi.
Avvalroq apelsin sharbati oshqozon osti beziga zarar yetkazadigan ichimliklar qatoriga kiritilgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)