Daryo

Internetda buklanadigan ekranga ega iPhone dizayni paydo bo‘ldi (foto)

Egiluvchan ekranga ega Apple smartfoni bunga qadar Motorola va Samsung tomonidan taqdim etilgan “raskladushka” shaklida

1 daqiqa o‘qish35 954 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: LetsGoDigital

LetsGoDigital internetda tarqalgan ma’lumotlar asosida buklanadigan birinchi iPhone’ning 3D-renderlari seriyasini taqdim etdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: LetsGoDigital

Ma’lum qilinishicha, egiluvchan ekranga ega Apple smartfoni bunga qadar Motorola va Samsung tomonidan taqdim etilgan “raskladushka” shaklida.

Vizualizatsiyani yaratgan foydalanuvchilarining taxminicha, Apple uchun egiluvchan OLED-matritsani aynan Janubiy Koreya kompaniyasi yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Foto: LetsGoDigital

Kelajak gadjetining tashqi ko‘rinishi iPhone 12’ning kvadrat dizayniga o‘xshash. Renderlardan ko‘rish mumkinki, kamera bloklari yonida qo‘shimcha ekran joylashgan bo‘lib, unda turli servis ma’lumotlari namoyish etiladi.

Mish-mishlarga ko‘ra, birinchi egiluvchan iPhone Fold nomiga ega bo‘ladi va 2022-yildan oldin taqdim etilmaydi.

Foto: LetsGoDigital
Foto: LetsGoDigital
Foto: LetsGoDigital
Foto: LetsGoDigital
Avvalroq buklanadigan ekranga ega birinchi iPhone narxi 1499 dollar bo‘lishi va u 2023-yilda taqdim etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Apple sensorli smartfonlarning eski muammosiga yechim topdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar