Taniqli qiziqchi Shukurullo Isroilov 12-mart kuni o‘g‘li Farhodni uylantirdi. Farhod va Go‘zalning to‘yi Toshkentdagi Hyatt mehmonxonasida katta dabdaba bilan o‘tkazildi.
Tantanani boshlovchilar Farhod Alimov va Nilufar Sotiboldiyevalar olib bordi. “San’at” va “Fano” to‘yning navbatchi guruhlari bo‘ldi. Ikki yoshni tabriklash uchun Nasiba Abdullayeva, Rashid Xoliqov, Tohir Sodiqov, Rayhon, Alisher Fayz, DJ Piligrim, Munisa Rizayeva, Milena Madmusayeva, Timur Rahmonov va boshqa san’atkorlar to‘yga tashrif buyurdi. “Parizoda” raqs dastasi raqqosalari mehmonlarni chiroyli raqslar bilan xushnud etdi.
Izoh (0)