Vitaminlarga boy bo‘lgan navbatdagi pirog retsepti bilan tanishing.
Kerakli mahsulotlar:
- un − 1-2 osh qoshiq;
- qatlama xamir − 450-500 gramm;
- tvorog − 250 gramm;
- tuxum − 3 dona;
- ismaloq − 200 gramm;
- qattiq pishloq − 100-120 gramm;
- yong‘oq − 1/2 choy qoshiq;
- sut − 1/2 osh qoshiq;
- tuz va ziravorlar.
- Xamir yoyilib, ikkita bo‘lakka ajratiladi.
- Maxsus qolip yog‘lanib, xamirning bir bo‘lagi joylashtiriladi.
- Tuxum, ismaloq, pishloq, tvorog va tuz hamda ziravorlar aralashtiriladi.
- “Nachinka” xamir yuzasiga bir tekisda joylashtiriladi.
- Xamirning ikkinchi qismi aralashma ustidan yopiladi va chetlari birlashtiriladi. Pirog yuzasi naqshli bo‘lishi uchun pichoq yordamida xamir ustida bir qancha kesmalar qoldirish mumkin.
- Xamir yuzasiga sut surtiladi.
- 200 daraja pechda 35 daqiqa davomida pishiriladi.
Mavzuga doir:
- Shokolad va tvorogdan ajoyib ta’mga ega pirog tayyorlab ko‘ring
- Ismaloq va qiymadan vitaminlarga boy chuchvara tayyorlaymiz
- Tuzlangan karam va qiyma qo‘shib tayyorlanadigan to‘yimli pirog
- Qat-qat xamir ichida pishiriladigan tovuq va pishloqli julyen yeguligi
- Bir zumda kartoshka va qiyma yordamida “zapekanka” tayyorlaymiz
Izoh (0)