Daryo

Idish yuvish vositasining siz bilmagan foydali xususiyatlari

Idish yuvadigan suyuqlikdan begona o‘tlarni yo‘q qilishda ham foydalanish mumkin

2 daqiqa o‘qish37 549 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Idish yuvish vositasini boshqa maqsadlarda ham ishlatish mumkinligini bilasizmi? Ushbu mahsulot bir qancha foydali xususiyatlarga ega. Ulardan ba’zilari haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Foto: Getty Images

Begona o‘tlarni yo‘q qilish

Begona o‘tlarni turli zaharli moddalar bilan yo‘qotishda oddiyroq usul bor: 1 osh qoshiq idish yuvadigan suyuqlikni 1 stakan tuz va 4,5 litr sirka bilan aralashtiring. Aralashmani maxsus idishga quying va begona o‘tlarga seping.

Ehtiyot bo‘ling: suyuqlik gullarga va foydali o‘simliklarga tushmasligi kerak!

Sovuq kompress tayyorlash

Yaxshi yopiladigan germetik paketga idish yuvish vositasini quying va muzlatkichga qo‘ying. Bunday haroratda sovun muzlamaydi, lekin vosita tarkibidagi gel sovuqni uzoq vaqt ushlab tura oladi. Yengil jarohat va ko‘karishlarda bu narsa juda asqatadi!

Pashshalardan qutulish

Agar sizni hasharotlar bezovta qilayotgan bo‘lsa, ularni oddiy usul bilan yo‘q qilish mumkin. Stakanning yarmini oq yoki olma sirkasi bilan to‘ldiring, unga 6-8 tomchi idish yuvadigan suyuqlik qo‘shing. Qalin ko‘pik paydo bo‘lguncha iliq suv bilan to‘ldiring. Stakanni pashshalar ko‘p bo‘lgan joyga qo‘ying. Yoqimli hid hasharotlarni o‘ziga tortadi, idishdagi yopishqoq suyuqlik esa ularning tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Eshik g‘ichirlashidan xalos bo‘lish

Agar eshiklaringiz g‘ichirlayotgan bo‘lsa, qimmat vositalarga pul sarflamang – bu muammoni oddiy idish yuvish vositasi bilan hal qilish mumkin. Suyuqlikning oz miqdorini g‘ichirlayotgan qismlarga quying, bir tekisda taqsimlanishi uchun eshikni bir necha marta ochib yoping.

Xonaki gullarni parvarishlash

Xonaki o‘simliklarni turli hasharotlar zararlamasligi uchun toksik bo‘lmagan vositalardan foydalaning. Ikki choy qoshiq idish yuvadigan suyuqlikni bir stakan iliq suvda eritib, o‘simlik barglariga seping. Ushbu aralashma shira, oq pashshani yo‘q qilishda samara beradi.

Yodda tuting: buning uchun turli qo‘shimchalar — kimyoviy moddalar, xlor va antibakterial komponentlarsiz eng oddiy mahsulotni tanlang.

Yog‘li dog‘larni ketkazish

Mahsulotning yog‘ erituvchi xususiyatidan nafaqat idish yuvayotganda, balki kiyim, gilam, kafeldagi va boshqa yog‘li dog‘ hamda kirlarni tozalashda ham foydalanish mumkin. Ammo tarkibida oqartiruvchi modda bo‘lmagan suyuqlikdan foydalaning.

Bolalar uchun pufakchalar tayyorlash

Sayrga chiqqan bola, albatta, puflanadigan sovun ko‘piklarini olib berishingizni so‘rab xarxasha qiladi. Kichkina bolalar ularni doimo to‘kib yuboradi, hatto sayr oxiriga qadar ham yetmaydi. Sizga yanada tejamkor variantni taklif etamiz. 2-3 stakan idish yuvadigan suyuqlikka 2-3 choy qoshiq glitserin qo‘shing. Aralashmani to‘rt litr suvga aralashtiring. Bunday suyuqlik uzoq vaqtga yetadi, bundan tashqari, qancha ko‘p tursa, shuncha yaxshi puflanadi. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar