Navoiy viloyatida spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun avtomobil boshqaruvini 10 yoshli o‘g‘liga ishongan xatirchilik ota jarimaga tortildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB matbuot guruhi rahbari Farruh Yakubov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, viloyatning Qiziltepa tumanida YPX xodimlari tomonidan mast otaning o‘z Matiz’ini 10 yoshli farzandiga ishonib bergani aniqlanib, otaga nisbatan ma’muriy chora belgilangan.
Fuqaro Q.F.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ushbu moddaga ko‘ra, huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida — 1 million 115 ming so‘m jarimaga tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 8 yoshli bola harakatga keltirgan Lacetti Toshkentdagi Makro supermarketi ichiga kirib ketgani, Surxondaryoda 14 yoshli “haydovchi” xalqaro ahamiyatga ega yo‘lda Labo haydab ketayotgani hamda Samarqandda 14 yoshli bola boshqaruvidagi Tracker YTHga uchrashi oqibatida haydovchining tengdoshi vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)