Organizmda suyuqlikning to‘planishi tana, yuzda shish, shuningdek, ko‘z ostida halqalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ayrim vaqtda ratsionga o‘zgartirish kiritish va iste’mol mahsulotlariga e’tiborli bo‘lish orqali ushbu muammoga yechim topish mumkin.

Foto: Freepik

Petrushka

Foydali bo‘lgan ushbu ko‘kat muzlatilganda, quritilganda yoki uzoq vaqt saqlanganda ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Parhezshunoslar salatga qo‘shish va undan damlama tayyorlashni tavsiya qiladi. Buning uchun 150 gramm petrushkani 1 litr issiq suvga solib, kun davomida ichib yurish kerak.

Grechka

Tuz qo‘shmasdan tayyorlangan grechkali bo‘tqa organizmdagi ortiqcha suyuqlik va shlaklarni chiqarish, shuningdek, oshqozon-ichak traktini yaxshilash xususiyatiga ega. Mutaxassislar uni qaynatmasdan, kechasi issiq suvga solib qo‘yishni tavsiya qiladi. Bunday termik jarayonda grechkadagi foydali xususiyatlar saqlanib qoladi.

Bulg‘or qalampiri

Tarkibida kaliyning bisyor ekani sabab ham bulg‘or qalampiri shishlarni tez bartaraf qiladi va organizmda ortiqcha suyuqlik to‘planishiga sabab bo‘ladigan tuzni chiqarib yuborishni jadallashtiradi, Ushbu foydali sabzavotni barra holida yoki pechda pishirib yeyish tavsiya qilinadi.